Fundamental va elementar zarrachalar


Dipol momentining temperaturaga bog‘liqligi va uni tajribaviy aniqlash usullari


Download 53.62 Kb.
bet19/19
Sana20.11.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1789262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)

25 Dipol momentining temperaturaga bog‘liqligi va uni tajribaviy aniqlash usullari
Atomlar qutubli bog’ orqali birikkan bo’lsa, molekula ham qutubli bo’ladi.Molekulani qutublanganlik darajasini aniqlash uchun dipol momentdan foydalaniladi. Miqdorlari bir-biriga teng ikkita qarama-qarshi zaryaddan hosil bo’lgan sistema “dipol” deyiladi.Dipol (di... va yun. polos — qutb) 1) elektr D. — bir-biridan masofada joylashgan miqdor jihatdan oʻzaro teng va turli ishorali ikki nuqtaviy zaryad +q va —q dan tashkil topgan sistema.Tashqi elektrostatik maydon taʼsiri boʻlmagan holda, molekula tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlarning ogʻirlik markazlari bir-biriga nisbatan maʼlum masofaga siljigan boʻlsa, bunday molekulaga elektr D. deb qarash mumkin. Bu esa tashqi elektr maydonga joylashtirilgan dielektriklarda sodir boʻlayotgan fizik jarayonlarni tushunishda katta qulayliklar yaratadi; 2) magnit D. — aylanma tokka va magnit xususiyatiga ega boʻlgan jism. Maʼlumki, har qanday jism atomlardan tashkil topgan. Atomlar tarkibidagi elektronlar yopiq orbita boʻyicha juda katta tezlik bilan harakatlanib, aylanma toklarni vujudga keltiradi. Aylanma tokning musbat yoki shim. qutbi deb konturdan magnit induksiya vektorining chiqish tomoni, unga teskari tomoni esa manfiy yoki jan. qutbi deb ataladi. Agar biror jiyemdagi elektronlarning orbitadagi harakati tufayli vujudga kelgan aylanma toklar oʻzaro maʼlum tartibda joylashib, ularning magnit maydonlari bir-birlarini kuchaytirib yuborsa, bunday jism magnit xususiyatiga ega boʻladi. Shuning uchun istagan magnitni qator katta va kichik boʻlakchalarga ajratib yuborilganda ham, har bir boʻlakcha shim. va jan. qutbga ega boʻlib, magnitlik xususiyatini saklab qoladi.
Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling