Fundamental va elementar zarrachalar
Download 53.62 Kb.
|
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. Spontan elektr qutblanish va domenlar
20. Elektretlar to‘g‘risida tushuncha.
Elektretlar — tashqi elektr maydon boʻlmaganda ham elektrlangan holatini uzoq muddat saqlaydigan qattiq dielektriklar. E. xossalari boʻyicha doimiy magnitlarga oʻxshashdir. Bunday xossalar qator organik (parafin, naftalin, ebonit, slyuda va boshqalar) va noorganik (oltingugurt, ishqoriyer metallari titanatlari — SaTYU3, 1gTYU3va boshqalar) moddalarda namoyon boʻladi. E. olinish usuliga qarab, termoelektretlar va fotoelektretlarga boʻlinadi. Dielektrikni erish temperaturasi yoki unga yaqin tragacha qizdirib, oʻzgarmas kuchli elektr maydonda sovitish yoʻli bilan barkaror termoelektret olinadi. Maydon taʼsirida molekulyar dipollarning qutblanishi roʻy beradi, dielektrik sovitilgandan va tashqi maydon olinganidan soʻng ham qisman saqlanib qoladi. Dielektriklar kuchli elektr maydonda yoritilsa, fotoelektretlar hosil boʻladi. E. elektrlangan holatini bir necha kundan million yillargacha saqlashi mumkin. E. doimiy elektr maydoni manbai sifatida qoʻllaniladi. Elektret mikrofonlar, telefonlar, vibrodatchiklar va boshqalarning ishi oʻzgaruvchan tokning elektret elektr maydonida induksiyalanishiga asoslangan. Fotoelektretlardan elektrofotografiyada foydalaniladi. 21. Spontan elektr qutblanish va domenlar Segnetoelektriklar - tashki maydon taʼsiri boʻlmaganda ham muayyan temperatura intervalida spontan (oʻz-oʻzidan) qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektrik kristallar. S.ning bu xossasi elektr maydon, deformatsiya, temperaturaning ortishi yoki kamayishi kabi taʼsirlar ostida kuchli oʻzgaradi. "S." termini birinchi marta 1655-yilda sintez qilish yoʻli bilan vino kislotaning natriykaliyli qoʻshaloq tuzi (segnet tuzi) — NaKC4H4O64H2O ni kashf qilgan fransuz dorishunosi E. Senyet (Ye. Seignette, 1632—98) nomi bilan ataladi. S.ning oʻzoʻzidan qutblanish xususiyatini dastlab 1920-yilda segnet tuzlari kristallarida J. Valashek, 1930ylarda rus olimlari V. M. Vul, I.V.Kurchatov va P.P. Kobekolar aniqlagan. S.ning elektr xossalari koʻp jihatdan ferromagnetiklarning magnit xossalariga oʻxshashligidan xorijiy adabiyotlarda S. oʻrnida ferroelektriklar termini ishlatiladi. Segnet tuzi, bariy titanat, triglitsinsulfat, digidrofosfat kaliy va Mendeleyev davriy sistemasi elementlarining turli murakkab birikmalari S. hisoblanadi.Segnetoelektrik xossaga ega boʻlgan kristallarda simmetriya markazi boʻlmaydi, butun musbat ionlar markazi bilan manfiy ionlar markazi mos tushmaydi. Bu esa spontan qutblanishning hosil boʻlishi uchun fizik sharoitni yaratadi.S. boshqa dielektriklardan quyidagi harakterli xossalari bilan farq qiladi: 1) oddiy dielektriklarda dielektrik kirituvchanlik ye bir necha birlikka (mas, suv uchun ye = 81) teng boʻlsa, S. uchun ye bir necha mingga teng boʻlishi mumkin; 2) ye ning qiymati maʼlum temperatura intervalida kuchli oʻzgarib boradi. Mas, bariy titanat uchun temperatura 120° dan 80° gacha pasayishida ye ning qiymati 2000 dan 6000 gacha ortib boradi va soʻngra yana kamayib ketadi; 3) S. dielektrik kirituvchanliklari tashki elektr maydon kuchlanganligiga bogʻliq ravishda oʻzgarib boradi, boshqa dielektriklarda esa ye moddani harakterlovchi kattalik boʻlib, maydon kuchlanganligiga bogʻliq emas; 4) elektr maydon oʻzgarganda qutblanish vektori R ning qiymatlari maydon kuchlanganligi £ ning qiymatlaridan kechikib oʻzgaradi. 22. Dielektriklar va molekulalarning elektr xususiyatlari, ularning musbat zaryadlangan yadrolar va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan ekanligining natijasi ekanligi, elementlar atomlarining har xil nisbiy elektromanfiylikka ega ekanligi. Download 53.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling