Fundamental va elementar zarrachalar


Download 53.62 Kb.
bet18/19
Sana20.11.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1789262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)

Kvant mexanikasi, toʻlqin mexanikasi — nazariy fizikaning juda kichik o'lchamli zarralar (elementar zarra, atom, molekula va h.k.) harakat qonunlarini oʻrganuvchi boʻlimi. XX asr boshida qator omillar — atomlarning turgʻunligi, fotoeffekt, radioaktivlik, qora jismning nurlanishi singari hodisalarni klassik mexanika va klassik elektrodinamika asosida tushuntirib berish imkoni boʻlmay qolganligi kvant mexanikasini paydo boʻlishiga olib keldi. Max Planck, Albert Einstein va Niels Bohr kabi olimlarning ishlari kvant mexanikasining yaratilishiga asos boʻldi.Klassik fizika qonunlarini juda kichik massali zarralarga tatbiq qilishda olingan xulosalar klassik tasavvurlarni tubdan oʻzgartirishni talab qildi.


24 Qutbsiz va qutbli molekulalarning simmetriyasi, dipol va kvadrupol momenti.
Dipol (di... va yun. polos — qutb) 1) elektr D. — bir-biridan masofada joylashgan miqdor jihatdan oʻzaro teng va turli ishorali ikki nuqtaviy zaryad +q va —q dan tashkil topgan sistema. Tashqi elektrostatik maydon taʼsiri boʻlmagan holda, molekula tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlarning ogʻirlik markazlari bir-biriga nisbatan maʼlum masofaga siljigan boʻlsa, bunday molekulaga elektr D. deb qarash mumkin. Kvadrupol (lot. quadrum — toʻrtburchak, kvadrat va polos — qutb) — ishoralari musbat va manfiy, miqdor jihatdan bir xil boʻlgan zaryadlarning kvadrat shakl uchlariga ketma-ket joylashishidan tashkil topgan sistema. K. dipol momentlari teng , zaryad ishoralari qarama-qarshi va bir-biridan maʼlum masofada joylashgan ikkita dipol (zaryad) dan iborat. K.ning asosiy harakteristikasi K. momentdir. K. dipol momenti Q=2e/a, bu yerda ye — elektr zaryad, /— dipollar orasidagi masofa, a—dipol oʻlchami. K.dan uzoqlashgan sari, bunday sistemaning elektr maydon kuchlanganligi masofaning toʻrtinchi darajasiga teskari proporsional holda kamayib boradi: £■= I/W. K. moment dipol momenti nolga teng boʻlgan atom sistemalarda, molekulyar birikmalarda hosil boʻladi. K. taʼsir 1/L5 kattalik, dipol taʼsir esa 1/L6 kattalik bilan ifodalanadi. Shuning uchun K. taʼsirda energiya kuchli boʻladi. K. momentning vaqt boʻyicha oʻzgarishi natijasida K. nurlanish vujudga keladi. K. tushunchasi kvant mexanika, yadro fizikasi, elektronika, termodinamikada keng qoʻllaniladi

Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling