Fundamental va elementar zarrachalar


Molekulalarning fazoviy tuzilishi


Download 53.62 Kb.
bet4/19
Sana20.11.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1789262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Modda tuzilishi tayyorgarlik 11 (2)

5. Molekulalarning fazoviy tuzilishi.
Kristall moddalar qonuniy ichki tuzilishga ega bolib, u geometrik shakl bilan ifodalanganda, fazoviy panjara korinishda bolib, ularni uchlarida atom, ion va molekulalar joylashadi. 1855 yil fransuz olimi Brave fazoviy panjarani hamma turlarini aniqlagan. Ular fazoviy panjaraning geometrik shakliga va elementar yacheykalarni simmetriyasiga bogliq ravishda 14 xil boladi. Hozirgi paytda bularni Brave panjarasi deb ataladi. Brave panjarasi 2 turga bolinadi. 1) Primitiv yoki oddiy, bunda hamma zarrachalar (uzli) faqat parallelepipedni uchlarida joylashgan boladi. 2) Mukammal, bunda zarrachalar faqat elementlar yacheykani uchlaridagina emas balki tomonlari, qirralari va ularni orasida ham joylashadi. a) oddiy yoki primitiv elementar yacheykalar har xil singoniyalar boyicha turlicha bolib, quyidagicha taqsimlanadi. Kubik singoniyada kub shaklida, tetragonal singoniyada tetragonal prizma pinakoid bilan trigonal singoniya romboedr. Geksagonal singoniya prizma, pinakoid bilan Rombik singoniya uch pinakoid kombinatsiyasi gisht Monoklin singoniya uch pinakoid kombinatsiyasi Triklin singoniya qiya parallepiped Oddiy panjarada tugunchalar panjaraning uchlarida joylashgan boladi. b) Mukammal. Yuqorida korsatilgan 7 oddiy formadan tashqari, Brave yana 7 mukammal fazoviy panjaralarni hisoblab chiqdi. E.S.Fedorov 1890 yil kristallarni tuzilish nazariyasini tekshirib, kristallarni 230 xil fazoviy panjaraga ega bolishini aniqladi, yani kristallardagi fazoviy panjaradagi atomlarni joylashishi qonuniyatini aniqladi. Keyingi paytda rentgenostruktur analizini ixtiro qilinishi E.S.Fedorov qilgan xulosalarni butunlay tasdiqladi (Bundan burun M.V. Lomonosov, R.J. Ayui va boshqa olimlar taxmini). 1895 yil V.K.Rentgen ajoyib nurni ixtiro qildi. U nur har xil jismlardan otganda sinmadi va qaytarilmadi. Bu nur juda galati bolib Rentgen bu nurni X-nur deb atadi. 1912 yil Maks Fon Laue Shunday xulosaga keldiki, V.K.Rentgen ixtiro qilgan X-nuri shunday kichik tolqin uzunligiga egaki, insoniyat shu paytgacha ixtiro qilgan difraksion panjaralar juda qopol bolib qoldi.

Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling