Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
AJRIM QILADI
Arizachi Naimov Fahriddin Hamidovichning javobgar Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman hokimligining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli bino- inshootni ajratishni rad etish to’g’risidagi qarorini haqiqiy emas topish to‘g‘risidagi arizasi yuzasidan kiritilgan 5-2001-2104/139-sonli ma’muriy ish arizachi o‘z talabidan voz kechganligi sababli ko‘rmasdan qoldirilsin. Javobgar Kasbi tuman hokimligi tomonidan davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligi inobatga olinsin. Arizachi F.Naimovga ushbu talab bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilsin Ajrimdan norozi taraf bir oylik muddat ichida shu sud orqali Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudiga apellatsiya tartibida xususiy shikoyat berishi, prokuror protest keltirishi mumkin. Sudya O.Radjabov 14-kazus Fuqaro L.Kirilov Olmazor tuman, Sarbon MFY, Bobur ko`chasida 0.04 gektar yer uchastkasida xizmat ko’rsatish shaxobchasi qurish haqida Olmazor tuman hokimining 2020-yil 12-apreldagi qarori qabul qilindi. L.Kirilov tomonidan mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni so`rab, ariza bilan tuman Kadastr filialiga murojaat qilindi. Kadastr xodimlari tomonidan texnik hujjat loyihalarini tayyorlash uchun joyga chiqilganda mazkur ajratilgan yer uchastkasida fuqaro S.Egallaboldiyev tomonidan o’zboshimchalik bilan qurilma qurib olinganligi aniqlandi. Shunga asosan Kadastr xodimlari tomonidan texnik hujjat rasmiylashtirish rad etildi. Bundan norozi bo’lgan fuqaro ma’muriy sudga murojaat qilib tuman Kadastr filiali mansabdor shaxsining rad qilishga oid harakatini qonunga xilof deb topish va kadastr texnik hujjatini rasmiylashtirish majburiyatini yuklashni so’radi. • 1-savol (20%) Sudlovga taalluqlilik masalasini tahlil qiling. • 2-savol (20%) Mazkur noqonuniy qurilma buzilgunga qadar ma’muriy sud qanday protsessual harakatlarni amalga oshirishi kerak? • 3-savol (20%) Mazkur vaziyatda uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish masalasini tahlil qiling va asoslantirib bering. • 4-savol (20%) Ma’muriy organning harakati ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi sud muhokamasi xususiyatlarini tahlil qiling. • 5-savol (20%) Mazkur ish bo’yicha birinchi instansiya sudi hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. Javob. 1-savol. Sudlovga taalluqlilik masalasini tahlil qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling