G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 118-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 118-modda.
2. PROKURATURA ORGANLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 119-moddasiga muvofi q 
prokuratura organlarining markazlashgan yagona tizimiga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod 
qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi 
Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiq-
lanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi lavozimiga O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Jo‘qorg‘i Kenges 
tomonidan tayinlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbar-
lik qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi oldida javobgar hisoblanadi. 
Shaharlar, tumanlar va viloyatlar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
Asosiy qonun belgilaydi


167
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi prokurori, viloyatlar, tumanlar, shaharlar prokurorlarining vakolat 
muddati – besh yil. 
Sizningcha, respublikada prokurorni tayinlashning bunday tartibi nima sababdan 
qabul qilingan? Siz qaysi usulni (tanlov, imtihon bo‘yicha saylash va hokazolar) taklif 
etgan bo‘lardingiz? O‘z javobingizni asoslab bering.
Prokuratura organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi;
– Viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturasi;
– viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi 
Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
– tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy 
harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida soliq va valuta-
ga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi 
bo‘linmalari faoliyat yuritadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling