Gafarov zafar Jinoyat huquqidan oraliq nazorat ishi-1 Nazariy savollar
Download 46.81 Kb.
|
gafarov zafar Jinoyat hq oraliq 1 ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatning obyektiv tomoni
- Obyektiv tomondan
- Subyektiv tomondan
- 120-moddasi “Besoqolbozlik (erkakning erkak bilan jinsiy aloqa qilishi”
Jinoyatning obyekti har ikki jinsdagi jabrlanuvchining jinsiy erkinligi hisoblanadi.
Jabrlanuvchi ayol (erkak)ning xohish-irodasiga qarshi u bilan jinsiy aloqada bo`lish, jabrlanuvchi bokira qizmi yoki "ko`hna." kasb vakili (fohisha)mi bundan qat`i nazar, zo`rlab nomusga tegish hisoblanadi, chunki qonun axloq-odobidan qat`i nazar barchaning jinsiy erkinligini himoya qiladi. Er-xotinlardan birontasi, hatto ular rasmiy nikohda bo`lishsa ham, nomusga tegish natijasida jabrlanuvchi bo`lishi mumkin, zero nikoh er-xotinni jinsiy erkinlikdan mahrum qilmaydi. Jinoyatning obyektiv tomoni zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilishda ifodalanadi. Jinoyat kodeksining 119-moddasi “Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy usulda qondirish” haqida Ushbu jinoyat turining jinoyat tarkibiy elementlari quydagicha: Jinoyatning obyekti jabrlanuvchi shaxsning jinsiy erkinligi hisoblanadi. Obyektiv tomondan jinoyat zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishda ifodalanadi. Mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyat: 1) erkak kishining jinsiy ehtiyojini ayol bilan g`ayritabiiy usulda zo`rlik ishlatib qondirishida; 2) ayolning jinsiy ehtiyojini ayol bilan zo`rlik ishlatib qondirishida; 3) erkak kishining jinsiy ehtiyojini erkak bilan zo`rlik ishlatib qondirishida; 4) jinsiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan boshqa shahvoniy harakatlarni sodir etishda (masalan, jabrlanuvchini jinsiy a`zo bilan muomala qilishga majburlashda va hokazo) ifodalanishi mumkin. Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasddan g`arazli niyat bilan sodir etiladi. Jinoyatning motivi – shahvoniy aloqa, maqsad – jinsiy ehtiyojni qondirish. Jinoyatning subyekti o`n to`rt yoshga to`lgan har qanday aqli raso shaxs bo`lishi mumkin. Mazkur jinoyatning nomusga tegishdan farqi shundaki, nomusga tegishda jinsiy aloqa zo`rlik ishlatib tabiiy usulda sodir etiladi, bu jinoyatlarning boshqa barcha alomatlari esa bir xildir. Ko`rib chiqilayotgan jinoyat jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan zo`ravonlik harakati sodir etilgan daqiqadan e`tiboran, defloratsiya va eyakulyatsiyadan qat`i nazar, tugallangan deb e`tirof etiladi. Jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish aybdorning xohish-irodasiga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra nihoyasiga yetkazilmagan bo`lsa, qilmish shu jinoyatga suiqasd deb topiladi (masalan: kiyimlarini yechish, muayyan holatda turishga majburlash va hokazo) va JK 119-moddasi hamda 25-modddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy usulda qondirishdan ko`ngilli ravishda voz kechish hollari ham uchraydi. Jinoyat kodeksining 120-moddasi “Besoqolbozlik (erkakning erkak bilan jinsiy aloqa qilishi” haqida Download 46.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling