Gafarov zafar Jinoyat huquqidan oraliq nazorat ishi-1 Nazariy savollar


Download 46.81 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi46.81 Kb.
#1414845
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gafarov zafar Jinoyat hq oraliq 1 ish

Jismoniy ojizlik deganda, shaxs aybdorning o`zi bilan jinsiy aloqaga kirishayotganini tushunsa ham zo`ravonga qarshilik ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lmagan holati (jismoniy kamchiligi, nogironligi natijasida, qarib qolganligi, jismoniy toliqqanligi sababli va hokazo) tushuniladi.
Jabrlanuvchining yoshligi, agar u o`zi bilan jinsiy aloqa qilishga rozilik bergan bo`lsa, uning ojizlik holatidan foydalanib, nomusga tegish, ya`ni yoshlar bilan jinsiy aloqa qilish deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo`lmaydi.
Alohida har bir holda jabrlanuvchining o`z yoshidan kelib chiqib, uning jinsiy aloqaning mohiyatini tushungan yoki tushunmaganligini aniqlash zarur. Basharti, kichik yoshdagi bola o`zi bilan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini tushungan va o`zi jinsiy aloqaga rozilik bergan bo`lsa, aybdorning qilmishi O`zbekiston Respublikasi JK 128-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim, buning uchun jabrlanuvchining voyaga yetmaganligini ayblanuvchining oldindan bilganligi zaruriy shart hisoblanadi.
Ichkilik yoki giyovandlik vositasi ta`sirida mast holda bo`lgan jabrlanuvchi bilan zo`rlik ishlatmay va qo`rqitmay jinsiy aloqada bo`lish jinsiy aloqani jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib sodir etilgan, deb e`tirof etish uchun asos bo`la olmaydi.
Ojizlik holati deganda, mastlikning shunday darajasi tushuniladiki, bunda jabrlanuvchi o`zi bilan jinsiy aloqaga kirishilayotganini idrok eta olmaydi.
Nomusga tegish tarzidagi qilmishlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining ana shunday (ojiz) holatga tushishiga o`zi yoki boshqa biron kishi sabab bo`lganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Jinsiy aloqa jabrlanuvchini aldash yo`li bilan (masalan, uylanishga, turmushga chiqishga va`da berish, boshqa biron imtiyoz berish) roziligini olib sodir etilgan bo`lsa, jinsiy aloqa qilgan shaxsning qilmishi nomusga tegish, deb kvalifikatsiya qilinmaydi.
O’`ldirish bilan qo`rqitib nomusga tegish” 118-moddasi 2-qismi "g." bandi
O`ldirish bilan qo`rqitish deganda, jabrlanuvchini hayotidan mahrum qilish bilan qo`rqitish tushunilishi zarur.
Aksariyat hollarda nomusga tegish o`ldirish bilan qo`rqitib (og`zaki "o`ldiraman.", "mayib qilaman.", "osaman.", "zaharlayman." deb) sodir etiladi, ammo do`q-po`pisa sukut saqlagan holda, nihoyatda ma`noli imo-ishoralar (quroldan foydalanib, jabrlanuvchini hayotdan mahrum qilish mumkin bo`lgan boshqa jismlarni namoyish etish vositasida va hokazo) bilan ham ifodalanishi mumkin. O`ldirish bilan qo`rqitish ishonarli, jabrlanuvchining o`z hayoti uchun xavotirlanishi uchun yetarli bo`lishi kerak.
Jabrlanuvchini boshqa usullar bilan qo`rqitish JK 118-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
O`ldirish bilan qo`rqitib nomusga tegishni 118-modda 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda aybdorning o`z do`q-po`pisasini amalga oshirish niyatida bo`lgan yoki bo`lmaganligi ahamiyatga ega emas.
Shaxsning o`n sakkiz yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan holda nomusga tegish” JK 118-moddasi 3-qismi "a." bandi
Mazkur jinoyatning obyekti voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligi hisoblanadi.
16 yoshga to`lmagan shaxs bilan ixtiyoriy ravishda aloqa qilish JK 128-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etadi.
Nomusga tegishni JK 118-moddasi "a." bandi bilan baholash uchun aybdorning 18 yoshga to`lmagan shaxs bilan zo`rlik ishlatib jinsiy aloqa qilayotganini bilmaganligi, jabrlanuvchining yoshiga nisbatan yanglishgani aniqlangan taqdirda (masalan: tashqi ko`rinishi, bo`y-basti, jabrlanuvchining xulqi va hokazolar) uning qilmishi JK 118-moddasi 3-qismi bilan o`n sakkiz yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsning nomusiga tegish, deb kvalifikatsiya qilinmaydi. Bunday hollarda aybdor JK 118-moddasi 1-qismi bo`yicha javobgarlikka tortiladi.
Yaqin qarindoshning nomusiga tegish” JK 118-moddasi 3-qismi "b." bandi
Sud-tergov amaliyotida yaqin qarindoshlarining (o`z qizlari, nabiralari, opa-singillari, o`gay qizlar va hokazolarning) nomusiga tegish hollari ham uchrab turadi.
Shak-shubhasiz, bunday jinoyatlar jamiyatimizda mavjud bo`lgan axloq normalariga zid bo`lib, g`oyat darajada axloqsizligi, uyatsizligi bilan ajralib turadi.
JKning sakkizinchi bo`limidagi atamalarning huquqiy ma`nosida yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo`lgan shaxslar, ya`ni ota-ona, opa-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-singillar – deb ko`rsatiladi.
Shu munosabat bilan zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki ojizlik holatidan foydalanib, qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilish shaxsni JK 118-moddasi 3-qismi "b." bandi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo`ladi.
Ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan sodir etilgan nomusga tegish” JK 118-moddasi 3-qismi "v." bandi
Zo`rlik ishlatib nomusga tegish ommaviy tartibsizliklar vaqtida uning qatnashchilari tomonidan sodir etilgan taqdirdagina aybdorning qilmishi JK 118-moddasi 3-qismi "v." bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar zo`rlab nomusga tegish ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchisi yoki faol qatnashchisi tomonidan sodir etilgan bo`lsa, aybdorning qilmishi JK 118-moddasi 3-qismi va 244-modda (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyatlarning jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
O`ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan nomusga tegish” JK 118-moddasi 3-qismi "g." bandi
Qilmish o`ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan, deb aybdorni JK 118-moddasi 3-qismi "g." bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortish uchun, uning nomusga tegishdan oldin JK 34-modda 3-qismiga muvofiq qonunda belgilangan tartibda o`ta xavf­li retsidivist deb topilganligini aniqlash zarur.

Nomusga tegish natijasida og`ir oqibatlarga olib kelgan holatlar” JK 118-moddasi 3-qismi "d." bandi


Jabrlanuvchining o`limi, o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish, zo`rlab nomusga tegish natijasida asab faoliyatining buzilishi yoxud jabrlanuvchiga JK 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarning yetkazilishi, shuningdek, OITS kasalligi bo`lgan shaxsning buni bila turib shu kasallikni jabrlanuvchiga yuqtirishi og`ir oqibatlar, deb e`tirof etilishi mumkin.
Ehtiyotsizlik natijasida odam o`ldirishga olib kelgan nomusga tegish ham og`ir oqibatlarga olib kelgan nomusga tegish singari JK 118-moddasi 3-qismi bo`yicha jazolanadi va JK 102-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiyani talab qilmaydi. Qasddan odam o`ldirish bilan birgalikda sodir etilgan nomusga tegish JK 118-moddasi 3-qismi va 97-moddaning 2-qismi "z." bandi bilan jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Nomusga tegish natijasida jabrlanuvchining qizligini yo`qotishi yoki homilador bo`lib qolishi og`ir oqibat deb e`tirof etilishi mumkin emas.
Nomusga tegish bilan bog`liq barcha hollarda zo`rlanganidan so`ng yuz bergan barcha og`ir oqibatlar bilan zo`rlik ishlatib jinsiy aloqa qilish o`rtasida sababiy bog`lanish mavjudligini aniqlash zarur. Shunday bog`lanish mavjudligi aniqlanmasa, jinoyatni JK 118-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilib bo`lmaydi.
O`n to`rt yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsning nomusiga tegish” JK 118- moddasi 4-qismi
Jabrlanuvchining 14 yoshga to`lmaganligi aybdorga oldindan ma`lum bo`lgan hollardagina aybdorning qilmishi JK 118-moddasi 4-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Basharti aybdor jabrlanuvchining yoshiga nisbatan haqiqatan ham yanglishgan bo`lsa, uning qilmishi JK 118-modda 1-qismi bilan, jabrlanuvchining o`n sakkiz yoshga to`lmaganligini taxmin qilgan bo`lsa, JK 118-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur.
Kazus:
20 yoshli T. 15 yoshli S.ga uylanish maqsadida uni o‘g‘irlab ketdi. T. u bilan shar’iy nikoh o‘qitib, u bilan jinsiy aloqada bo‘ldi.


  1. Download 46.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling