Gandbol o'yini qoidalari Reja: Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari


Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1512427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gandbol o\'yini qoidalari

Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari 
Gandbol o‘yini, tashqaridan kuzatilganida, oson va oddiydek 
tuyuladi. Ammo bu unchalik to‘g‘ri emas. Bunday oddiylik ortida juda 
katta mehnat, ya’ni ba’zi bir elementlarni qayta-qayta mashq qilish 
yotadi. 
Gandbol o‘yini harakatda siljishlar, to‘pni olib yurish kabilardan 
tashkil topgan. 
Turish, siljish, to‘xtash. Har bir sport turida o‘yinchi birorbir usulni 
bajarishdan avval dastlabki (standart) holatni egallaydi. Gandbolchi ham 
doimo himoya va hujum holatini egallashga intiladi. O‘yinda barcha 
harakatlar o‘yin holatida bajariladi. Himoyachi va darvozabon, 
o‘yinchilar holati bir-biriga o‘xshashdir. O‘yinchi oyoqlarini biroz keng, 
tizzalarini bukibroq turadi. Oyoq uchlarini bir chiziqqa joylashtirib, 
qo‘llarini tirsakdan ozgina bukib, kaftlarini oldinga qaratadi. Bunday 
holat sportchiga qat’iy turib, erkin siljishiga, faqat himoya qilishga 
emas, balki hujumga o‘tishga ham imkon beradi. 
Hujumchining holati himoyachinikiga biroz o‘xshaydi. Qo‘llari 
tirsakdan bukilgan va ko‘krakka barobar turadi. Oyoqlari biroz bukilgan 
bo‘lib, bitta oyog‘i va yelkasi oldinga chiqib turadi. Oyoqni ortiqcha 
keng qo‘yib yuborish ham yaramaydi (40 — 50 sm dan oshmasligi 
kerak). O‘yin paytida sportchilar doimiy harakatda bo‘lib, uni siljish, 
qadamlab, yugurib yurish, tez yurib, sakrab va boshqa harakatlar bilan 
amalga oshiradilar. 
O‘yinchi o‘yinda raqibni aldash, sherik bilan qulay vaziyat tanlash 
uchun to‘xtashi mumkin. To‘xtash ikki qadam yoki sakrash bilan 


bajariladi. Oyoqlar bukiladi, gavda harakat yo‘nalishining qarshi 
tomoniga egiladi. 
Birinchi qadam keng, ikkinchisi qisqa qo‘yiladi, ikki qadamda 
to‘xtash zarur. To‘xtagach, sakrab oyoqlarni egish lozim. 
To‘pni bir joyda va harakat chog‘ida ikki qo‘llab tutish va 
uzatish.O‘yin davomida 
o‘yinchi ko‘p marta 
to‘pni ikki yoki bir 
qo‘llab 
ushlashiga 
to‘g‘ri keladi (90-rasm). 
To‘pni joyda turib 
ilib 
olishda 
panjalar 
ochiq bo‘ladi. Bosh 
barmoqlar 
deyarli 
birlashadi, 
boshqalari esa to‘pdan 
kattaroq 
voronka 
hosil qiladi. To‘pni ko‘krak tomondan qo‘llarni harakatga keltirib, 
kaftlarni siltab uzatiladi. To‘pni harakatda ilib olish ham joyda turib 
tutishga o‘xshaydi. O‘yinchining qo‘llari ko‘krak oldida turadi. To‘p 
qadamlab yoki sakrab tutib olinadi. Uchib 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling