Jamoaning
sport
kiyimi bir xil rangda
bo‘lishi lozim.
300 sm
Mayka, trusik
kiyish
ham
97-rasm.
mumkin, ammo maykaga
raqam tikib qo‘yiladi. Oyoqqa
paypoq va rezinali yumshoq
poyabzal kiyiladi. Darvozabon kiyimi boshqa o‘yinchilar
kiyimidan
ajralib turadi. O‘yinga jarohat yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalar (soat,
zanjir, taqinchoqlar) bilan chiqish taqiqlanadi.
Gandbol maydoni 20 · 40 m dan iborat (mini-gandbol maydoni esa
9 · 18 dan 12 · 24 gacha) bo‘ladi. Darvozaning
hajmi mini-gandbolda
1,80 · 2,70 metr bo‘ladi (97-rasm). Darvoza ikki xil rangga bo‘yaladi, oq
va qora (yoki qizil va havorang). Darvoza maydoni 6 metr (yaxlit chiziq
bilan belgilanadi), erkin to‘p urish chizig‘i 9
metr qilib belgilanadi
(jarima to‘pi 7 metrdan uriladi). U darvoza to‘g‘risidagi 6 m li chiziqdan
1 metr narida joylashadi. Qizlar to‘pi yengilroq (250 — 280 gr), o‘g‘il
bolalar to‘pi og‘irroq (424 — 475 gr) bo‘ladi.
270
sm
2
00
sm
1
80
sm