G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari
Download 75.49 Kb.
|
доривор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zira (Bunium capsicum)
Yalpiz (Mentha asiatica Boriss.) ziravor va dorivor o’simlik sifatida O’rta Osiyoda, Misrda, Gresiya va Italiyada juda qadimdan ma’lum. Ba’zi rivoyatlarga ko’ra yalpizning xidi inson zexni yaxshi ishlashiga yordam berar ekan. Shu sababli Italiya va Misrda talabalar yalpizni o’zlari bilan birga darsxonalarga olib kelishar ekan. Rimliklar uyga kelgan mehmonni yaxshi kutib olish va uning kayfiyati yaxshi bo’lishi uchun yalpiz suvini uylariga purkar va stollarini uning barglari bilan artar ekanlar. Mahalliy aholi erta bahorda, endigina ko’karib chiqqan yalpizni terib olib, ulardan qozonda yoki tandirda ko’k somsa yopishadi va chuchvara tayyorlashadi. Barra barglarini va to’pgullarini achchiq-chuchuklarga, sho’rvalarga, sabzavot va go’shtdan tayyorlangan taomlarga solib iste’mol qilishadi. Tibbiyotda, xalq tabobatchiligida, undan turli kasalliklarni davolashda fondalapiladi. Ayniqsa, nafas yo’llari va ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini yaxshilashda, bod, qichimani davolashda hamda og’riqni pasaytirishda, farmokologiyada dori-darmonlarga hid berishda ishlatiladi. Atir-upa sanoatida pasta, poroshok va sovunlar tayyorlashda, vinolarga hid berishda qo’llaniladi. Yalpizning yer ustki organlarining tarkibida 1,5—2% efir moyi, 3—8 % tanid va achchiq moddalar, kofein va xloregen kislotalari hamda A va S vitamini bor.
Zira (Bunium capsicum) o’simligi may-iyun oylarida gullab, urug’i iyun-iyul oylarida yetishadi. Zira urug’idan go’shtli, baliqli, pomidor va bodring konservalarini tayyorlashda, qazi, hasib hamda kolbasa tayyorlash uchun oziq-ovqat sanoatida foydalanishni yanada keng yo’lga qo’yish mumkin. U go’shtni hidlanishdan ma’lum vaqtgacha saqlab turishda tabiiy sovutgich vazifasini o’taydi. U turli meva qoqilarini buzilishdan saqlaydi. Umuman, zira urug’idan turli taomlar tayyorlashda ziravor sifatida ko’p foydalaniladi. Ma’lumotlarga ko’ra ziradan 250 xildagi taom tayyorlashda foydalanish mumkin ekan. Xalq_ tabobatida zira urug’i siydik haydovchi vosita tariqasida, tolqonidan tayyorlangan surtgi dori bilan yaralarni davolaydilar. Abu Ali ibn Sino zirani oshqozon, ichak jigar va siydik yo’llari kasalliklarini davolashda dori-darmon o’rnida ishlatgan. Download 75.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling