Gatda ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish


Download 1.28 Mb.
bet1/9
Sana09.05.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1447808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

  1. GATda MA’LUMOTLARNI FAZOVIY TAHLIL QILISh


    1. O‘lchash operatsiyalari

O‘lchash operatsiyalari deganda karta bo‘yicha ob’ektlarning turli fazoviy xarakteristikalarini aniqlash imkoniyatini beruvchi operatsiyalarni tushunamiz. Akvariyat GATlarga xos bo‘lgan asosiy o‘lchash operatsiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Nuqtaning koordinatalarini kartada aniqlash. Bu o‘lchash operatsiyasi kursor bilan ko‘rsatilgan nuqtaning koordinatalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Qoida tariqasida, koordinatalarning qiymati kursorni surishda GATning holat satrida (yoki boshqa oblastida) ko‘rsatiladi. Bunda koordinatalar odaida ob’ektlarning boshlang‘ich koordinatalarida ko‘rsatiladi. Biroq ba’zi GATlarda foydalanuvchi boshqa kartografik proeksiyani berishi mumkin va GAT kursor koordinatalarini ko‘rsatilgan proeksiyaga “shu zahoti” qayta hisoblab chiqadi. Ushbu o‘lchash operatsiyasining bajarilishi uchun qandaydir instrumentni tanlash yoki GATning maxsus ish rejimini berish zaruriyati odatda yo‘qdir. Aksincha, bu funksiya doim ochiq va faoldir.
Masofalarni o‘lchash. Bu o‘lchash operatsiyasi kartadagi ikkita nuqta orasidagi masofani yoki ixtiyoriy siniq chiziq bo‘yicha asofani hisoblash uchun mo‘ljallangan. So‘nggi holda nafaqat siniq chiziqning so‘nggi segmenti, balki uning umumiy uzunligi ham hisoblab chiqiladi. Qoida tariqasida hisob-kitoblar joriy o‘lchov birliklarida (masalan, kilometrlarda) amalga oshiriladi, ularni o‘zgartirish ham mumkin. Bu o‘lchash operatsiyasini bajarish uchun odatda tegishli instrumentni tanlagan holda berilgan rejimni faollashtirish zarur bo‘ladi. Ba’zi GATlarda masofalarni hisoblash yangi chiziqli ob’ektni yaratish (chizish) operatsiyalarida avtomatik tarzda bajariladi, bu ushbu ob’ekt uzunligini interaktiv ravishda baholash imkoniyatini beradi. Ushbu operatsiya, masalan, ekspeditsiyaning rejalashtiriladigan marshruti
uzunligini, quriladigan gazoprovod uzunligini va h.k.larni aniqlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Maydonlar va perimetrlarni o‘lchash. Bu o‘lchash operatsiyasi foydalanuvchi tomonidan berilgan qandaydir poligonning (ko‘pburchakning) maydoni va perimetrini hisoblab chiqish imkoniyatini beradi. Maydonlar va perimetrlarni hisoblash, masofalarni hisolashdagidaek, maydonlarning joriy o‘lchov birliklarida bajaotladi, ularni o‘zgartirish ham mumkin. Bu o‘lchash operatsiyasini bajarish uchun ham odatda tegishli instrumentni tanlagan holda ushbu rejimni faollashtirish zarur. Mazkur operatsiya, masalan, o‘rmon yong‘inining maydonini, foydalanuvchi uning chegarasini chizib ko‘rastganda, aniqlash va boshqa hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Ta’kidlaymizki, ba’zi GATlarda masofalarni, maydonlarni va perimetrlarni o‘lchash yer yuzasining xususiyatlarini hisobga olgan holda bajarilishi mumkin. Bu ikkita usul bilan bajariladi.
O‘lchashning birinchi usuli – referes-ellipsoidning yuzasi bo‘yicha. Bunda uning barcha parametrlari tanlangan kartografik proeksiyada saqlangan bo‘ladi va foydalanuvchi faqat hisob-kitob karta tekisligida emas, balki referes-ellipsoidning yuzasida bajarilishi zarurligini ko‘rsatishi lozim xolos. Shubhasizki, bunday yondoshuv ob’ektlarning fazoviy xarakteristikalarini tekislikdagi hisob-kitoblarga qaraganda ancha aniqroq hisoblash imkoniyatini beradi. Bu Yer yuzasining egriligi proeksiyalashda katta noto‘g‘riliklarga sabab bo‘ladigan katta hududlar uchun ayniqsa dolzarbdir. Dekart koordinatalar tizimlari bilan ishlashda ellipsoidda hisoblash zarurati yo‘q.
O‘lchashning ikkinchi usuli – joyning relefi bo‘yicha. Qulay raqamli model bilan ifodalangan joy relefini hisobga olish ob’ektlarning fazoviy xarakteristikalarini yanada aniqroq hisoblash imkoniyatini beradi. 5.10-bandda bu batafsilroq ko‘rib chiqiladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling