Gatda ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish


Download 1.28 Mb.
bet6/9
Sana09.05.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1447808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Bufer zonalari


Chegarasi A ob’ekt chegaralaridan berilgan R (bufer radiusi) qiymatga teng uzoqlikda bo‘lgan ob’ekt A ob’ekt atrofidagi bufer zonasi hisoblanadi.
Nuqtali ob’ekt uchun bufer zonasi berilgan radiusli aylanani, chiziqli ob’ekt uchun esa – oxirlari yumaloq koridorni o‘zida ifodalaydi. Polichiziq uchun bufer zonasini tuzish sxemasi 5.12-rasmda ko‘rsatilgan.




5.12-rasm. Bufer zonasini tuzish sxemasi
Bufer zonalari o‘rmon kesish koridorini shakllantirish uchun, elektr uzatish liniyalari, gazoprovodlar qurilishida, xavfli ob’ektlar, suv olish inshootlari atrofida sanitariya-himoya zonalarini tuzishda va boshqa hollarda qo‘llanilishi mumkin.
GATlarda bufer zonalarini ifodalash uchun poligonlar qo‘llaniladi. Bufer zonasini shakllantirishda aylanalar yuzaga kelishini hisobga olib, poligon bilan ifodalangan bufer zonasi real zonani faqat approksimatsiyalaydi xolos. Qoida tariqasida, buferni tuzishdan oldin foydalanuvchi aylana qanday sondagi segmentlar bilan approksimatsiyalanishini aniqlaydi.

5.13-rasm. Musbat (a) va manfiy (b) radiuslarli bufer zonasi




5.14-rasm. Halqasimon bufer zonalari

5.15-rasm. Ob’ektlarning turli tiplari uchun bufer zonalari

Bufer radiusining qiymati sifatida foydalanuvchi tomonidan berilgan kostanta yoki tanlangan atributning qiymati qo‘llanilishi mumkin. Birinchi holda bufer zonasining radiusi hamma ob’ektlar uchun bir xil, ikkinchi hlda – turlicha bo‘ladi. Maydonli ob’ektlar uchun bufer zonalarini tuzishda radiusning musbat qiymati barobarida, manfiy qiymatlarini ham qo‘llash mumkin. Bu holda bufer zonasi ob’ektning ichida joylashgan bo‘ladi (5.13-rasm).


Ko‘p hollarda bitta bufer zonasini emas, balki turli radiuslarli seriyani tuzish zarurati yuzaga keladi. Aksariyat GATlar halqali bufer zonalarining shunday seriyasini shakllantirish imkoniyatiga egadir
5.15-rasmda turli tipdagi ob’ektlar uchun bufer zonalarini tuzishga misollar ko‘rsatilgan. Amalda bufer zonalari ko‘pincha barvarakayiga ob’ektlar guruhi uchun tuziladi. Bunda zonalarni shakllantirishning ikkita varianti bo‘lishi mumkin: har bir ob’ektga o‘zining bufer zonasi va barcha ob’ektlar uchun bitta bufer zonasi.

    1. Download 1.28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling