Gatda ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish


Geomaydonlarni tahlil qilish


Download 1.28 Mb.
bet8/9
Sana09.05.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1447808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Geomaydonlarni tahlil qilish


Shubha yo‘qki, yuzalarni (geomaydonlarni) to‘laqonli tahlil qilish faqat yuzalarning modellari asosida mumkin. 3.8-bandda yuzalarning GATlarda qo‘llaniladigan ikkita asosiy modellari: muntazam tarmoq va triangulyatsiya tarmog‘i ko‘rib chiqilgan edi. Geomaydonlarni tahlil qilishning eng keng tarqalgan masalalarini sanab o‘tamiz.
Joy relefini tahlil qilish bilan bog‘liq masalalar:

  • yuzaga oid turli kattaliklarni (masofalar, maydonlar va h.k.larni) hisoblash;

  • relefning turli ikkilamchi alomatlarini (qiyaliklar, ekspozitsiyalar va h.k.larni) hisoblash;

  • ixtiyoriy chiziq bo‘ylab ko‘rinarlilikni tahlil qilish;

  • berilgan nuqtadan yoki nuqtalar guruhidan ko‘rinarlilik zonalarini hisoblash;

  • ikkita yuza orasidagi hajmni hisoblash va boshq.

Joy relefining modellari asosida yechiladigan gidrologik masalalar:

  • suv bosishi mumkin bo‘lgan zonalarni hisoblash;

  • oqar suv yo‘nalishilarni hisoblash;

  • suv to‘planadigan zonalarni hisoblash va boshq.

Geomaydonlarni tahlil qilishga oid ba’zi masalalarda, shu jumladan yuqorida sanab o‘tilganlarining bir qatorida, ma’lum bosqichlarda bir neta boshlang‘ich geomaydonlardan funksiya bo‘lmish yangi geomaydonlarni hisoblash ishlari bajarilishi mumkin. Geomaydonlarni tahlil qilish qo‘shimcha ravishda chastotaviy tahlil, korrelyatsion tahlil va geomaydonlarga nisbatan qo‘llaniladigan statistik tahlilning boshqa turlarini nazarda tutadi.
Ta’kidlaymizki, geomaydonlar tahliliga oid quyida keltirilgan masalalarning aksariyatini yechish uslublari va algoritmlari
geomaydonning raqamli modeli sifatida muntazam tarmoqni qo‘llaydi. Bu shu tufayliki, ma’lumotlarga muntazam tarmoqda ishlov berish algoritmlari triangulyatsiya tarmog‘i ma’lumotlariga ishlov berish algoritmlariga qaraganda soddadir.
Geomaydonlarni tahlil qilish uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan algoritmlarni ko‘rib chiqamiz. Ulardan katta qismi joy relefining ikki o‘lchamli geomaydon bo‘lmish raqamli modellarini tahlil qilish uchun ishlatiladi.

      1. Download 1.28 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling