Gatda ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish
Download 1.28 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilish
Yaqinlik zonalariBir qator amaliy masalalarni yechishda, ichidagi har bir nuqta boshlang‘ich to‘plamning qaysidir nuqtasiga boshqa har qandayiga qaraganda yaqin bo‘lgan oblastlarni aniqlash talab etiladi. Bunday oblastlar yaqinlik zonalari yoki Voroniy dagrammasi nomini olgan (ba’zan ta’sir zonalari, Tissen poligonlari, Dirixle yacheykalari deyishadi). Yaqinlik zonalariga misol 5.16-rasmda ko‘rsatilgan. Ma’lumki, Voroniy dagrammasining chegaralari boshlang‘ich nuqtalarning o‘sha to‘plamida tuzilgan Delone triangulyatsiyasidagi uchburchaklar tomonlarining o‘rtalariga tiklangan perpendikulyarlarning kesimlaridir. Boshlang‘ich nuqtalar Voroniy diagrammalari 5.16-rasm. Yaqinlik zonalari Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilishShunday fazoviy ob’ektlar borki, ularning strukturasi tarmoq sifatida tavsiflanishi mumkin. Bunday ob’ektlar jumlasiga avtomobil yo‘llari va boshqa yo‘llar tarmoqlari, kabel tarmoqlari, issiqlik, suv, gaz, neft quvurlari tarmoqlari va h.k.lar kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha ob’ektlar odatda muhandislik tarmoqlari yoki muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari deb ataladi. Shuning uchun uni tahlil qiliish uchun graflar nazariyasining uslublari va algoritmlari qo‘llaniladi. Transport tarmoqlari asosida an’anaviy ravishda yechiladigan masalalarni sanab o‘tamiz. Tarmoqning ikki nuqtasi orasidagi eng qisqa masofani qidirish. Punktlarning berilgan naborini aylanib chiqishning eng qisqa marshrutini qidirish (kommivoyajer masalasi). Eng yaqin xizmat ko‘rsatish punktlarini qidirish. Transport ochiqligini hisoblash. Transport oqimlarini hisoblash. Truboprovod transporti (vodo-, gazo- va nefteprovodlar) sohasida quyidagi masalalarni ajratish mumkin: O‘rnatilgan oqim taqsimotini hisoblash (gidravlik hisob-kitob). Qulflash armaturasining o‘zgarishlarini tahlil qilish. Tovar-transport ishlarini hisoblash. Tarmoqning ish rejimini optimallashtirish. Avariya uchastkalarini lokallashtirish (5.17-rasm). 5.17-rasm. Avariya uchastkasini lokallashtirish natijasi Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling