Noallel genlarning o'zaro komplementar ta'siri natijasida —toj shaklining irsiylanishi.
AB
Ab
aB
ab
AB
AABB
Yong'oqsimon tojli
AABb
Yong'oqsimon tojli
AaBB
Yong'oqsimon tojli
AaBb
Yong'oqsimon tojli
Ab
AABb
Yong'oqsimon
AAbb Gulsimon
AaBb
Yong'oqsimon
Aabb Gulsimon
aB
AaBB
Yong'oqsimon
AaBb
Yong'oqsimon
aaBB
No'xatsimon
aaBb
No'xatsimon
ab
AaBb
Yong'oqsimon
Aabb Gulsimon
aaBb
No'xatsimon
aabb
Yaproqsimon
F
2
9 ta yong'oqsimon tojli; 3 ta gulsimon tojli; 3 ta no'xatsimon tojli; lta yaproqsimon tojli tovuqlar rivojlanadi, ya'ni bu nisbat diduragaylar
chatishtirishning avlodida kuzatiladigan fenotip bo'yicha belgilarning ajralish nisbatiga mos keladi.
Mustaqil yechish uchun masalalar
1. To'tiqushlarda patlar rangi ikki juft birikmagan va allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Ikki xil dominant genlarning genotipda birga
kelishi yashil rangni belgilaydi, bir juftning dominant geni ikkinchi juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda sariq yoki havorang
namoyon bo'ladi, har ikkala juftning retsessiv genlari esa oq rangni belgilaydi.
a) Patlari yashil rangli to'tiqushlar, oq patli to'tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan qushlarning 25 foizi yashil,
25 foizi havorang, 25 foizi sariq va 25 foizi oq patli bo'lgan. Chatishtirish uchun olingan to'tiqushlarning genotipini aniqlang.
o'rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.
b) Yashil rangli to'tiqushlarning o'zaro chatishtirish natijasida avlodda 55 ta yashil, 18 ta sariq, 17 ta havorang va 6 ta oq rangli
qushlar olingan. Ota-ona va duragaylarning genotipini aniqlang.
d) Hayvonot bog'i oq to'tiqushlarga buyurtma bergan. Ammo fermada mavjud bo'lgan yashil va sariq qushlar chatishtirilganda oq
to'tiqushlar hosil bo'lmagan. Fermadagi to'tiqushlarning genotiplarini aniqlang.
2. Sichqonlarda jun rangining kulrang bo'lishligi dominant A va B genlarning komplementar ta'siriga bog'liq. A geni mustaqil holda jun
rangining qora bo'lishligini ta'minlaydi. B geni esa, A geni ishtirokisiz junning rangli bo'lishligini ta'minlaydi. B geni esa, A geni
ishtirokisiz junning rangli bo'lishligini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun genotipida dominant gen B bo'lsa ham sichqonlar oq junli bo'ladi.
Shu genlarning retsessiv allellari yig'indisi ham jun rangining oq bo'lishiga sabab bo'ladi.
a)Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang, 27 tasi qora va 35 tasi oq junli
bo'lgan. Chatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.
b)Kulrang sichqonlar chatishtirilganda F
1
da olingan sichqonlarning 58 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo'lgan. Sichqonlarning
genotipini aniqlang.
d)Digeterozigotali kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan sichqonlarning genotipi
qanday bo'ladi?
e)Kulrang sichqonlar, qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F
t
da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo'lgan, F, da esa 3/4
kulrang, 1/4 qora sichqonlar olingan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.
“Nursux Nuri”ATM Mirzayev Husniddin
Do'stlaringiz bilan baham: |