Genetikadan masalalar yechish bonus; + dnk r. R. Raxmonov R. J. Raximov


Download 0.52 Mb.
bet23/26
Sana25.11.2021
Hajmi0.52 Mb.
#177319
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
GENETIKA KITOB 1

17 Gemofiliya va daltonizm kasalliklari X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga oladi. Ushbu genlar orasidagi masofa 9.8 morganidaga teng. Onasi daltonik bo’lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan oilada tugilgan qiz bilan o'zi ranglarni normal ajratadiga onasi gemofiliya bilan kasallangan erkak nikohidan tug'ilgan ikki o'g'ilning biri daltonik, qoni normal iviydi, ikkinchisi gemofilik, lekin ranglarni yaxshi ajratadi. Ushbu oilada farzandlarning keltirilgan anomaliyalaming bittasi bilan kasallangan bo‘lib tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

A) 45.1% B) 50% C)2.45% D)52.45%

18.Makkajo'xorida barglarning burishganligi va poyasining past bo‘ylilik geni retsessiv belgilar hisoblanib, bitta xromosomada bir-biridan 18 morganida masofada joylashgan. Barglari silliq va normal uzunlikdagi o'siinlik burishgan bargli, past bo‘yli makkajo‘xori bilan chatishtirilganida F, da 450 ta o‘simlik olinib, ularning barchasi normal bo'yli, barglari silliq edi. F, da esa 1200 ta o‘sim!ik olingan. F, da olingan o‘simliklardan necha %i burishgan bargli, past bo‘yli ekanligini aniqlang.

A) 50% B) 41% C) 25% D) 20.5%

19.Makkajo'xorida barglarning burishganligi va poyasining past bo‘ylilik geni retsessiv belgilar hisoblanib, bitta xromosomada bir-biridan 18 morganida masofada joylashgan. Barglari silliq va normal uzunlikdagi o‘simlik burishgan bargli past bo'yli makkajo‘xori bilan chatishtirilganida F1 da 450 ta o‘simlik olinib, ularning barchasi normal bo‘yli, barglari silliq edi. F2 da esa 3 200 ta o'simlik olingan. F2 da olingan o'simliklardan necha %i ikki belgisi bo'yicha geterozigota ekanligini aniqlang.

A) 50% B) 41% C) 25% D) 20.5%

20.Makkajo'xorida barglarning burishganligi va poyasining past bo'ylilik geni retsessiv belgilar hisoblanib, bitta xromosomada bir-biridan 18 morganida masofada joylashgan. Barglari silliq va normal uzunlikdagi o‘simlik burishgan bargli past bo‘yli makkajo'xori bilan chatishtirilganida F1 da 450 ta o'simlik olinib, ularning barchasi normal bo‘yli, barglari silliq edi. F2 da esa 1200 ta o'simlik olingan. F2da olingan o'simliklardan nechtasi silliq bargli, past bo'yli ekanligini aniqlang.

A) 150ta B)600ta C)1200ta D)450ta

21.Drozofilada tana rangi va qanotining shakli birikkan holatda irsiylanuvchi belgilar hisoblanadi. Tananing qora rangi kulrangga, qanotningkaltaligi uning uzunligiga nisbatan retsessivdir. Laboratoriyada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali kulrang, uzun qanotli pashsha bilan tanasi qora va kalta qanotli erkak pashsha chatishtirilgan. Olingan avlodlarning 827 tasi kulrang, uzun qanotli, 833 tasi qora, kalta qanotli, 165 tasi qora, uzun qanotli, 175 tasi kulrang, kalta qanotli ekanligi ma’lum bo'lsa, genlar orasidagi inasofani toping.

A)8.5 morganida B) 8 morganida C) 17morganida D)50 morganida

22.Drozofila pashshasida ko'zning normal rang geni oq ko'zlilik geniga, anomal qorin tuzilishi esa normal qorin tuzilishiga nisbatan dominantlik qiladi. Ushbu genlar jinsiy X-xromosomada 3 morganida masofa oralig‘ida joylashgan. Har ikkala gen bo‘yicha geterozigotali urg‘ochi pashsha ko‘zlarining rangi va qornining tuzilishi normal bo‘lgan erkak pashsha bilan chatishtirilganida, F1 da 400 ta avlod olingan. F1 da olingan pashshalardan nechtasi normal belgilarga ega?

A)100ta B) 200ta C)300ta D) 400ta

23.Drozofila pashsliasida ko‘zning normal rang geni oq ko‘zIilik geniga, anomal qorin tuzilishi esa normal qorin tuzilishiga nisbatan dominantlik qiladi. Ushbu genlar jinsiy X-xromosomada 3 morganida masofa oralig‘ida joylashgan. Har ikkala gen bo‘yicha geterozigotali urg‘ochi pashsha ko‘zlarning rangi va qornining tuzilishi normal bo’lgan erkak pashsha bilan chatishtirilganida, F1 da 400 ta avlod olingan. F1 da olingan pashslialardan nechtasi anomal qorin tuzilishiga ega ?

A)100ta B) 200ta C) 300ta D)400ta

24.Drozofila pashsliasida ko'zning normal rang geni oq ko‘zlilik geniga, anomal qorin tuzilishi esa normal qorin tuzilishiga nisbatan dominantlik qiladi. Ushbu genlar jinsiy X-xromosomada 3 morganida masofa oraliglda joylashgan. Har ikkala gen bo‘yicha geterozigotali urg'oclii pashsha ko‘zlarning rangi va qornining tuzilishi normal bo’lgan erkak pashsha bilan chatishtirilganida, F1 da 400 ta avlod olingan. F1 da olingan pashslialardan necha %i ko'zining rangi oq?

A) 50% B) 41% C) 25% D) 20.5%

25 .Kalamushlarda junining qoramtir rangi och rangga nisbatan, ko'zining pushti rangi qizilga nisbatan ustunlikka ega. Bu belgilar bitta xromosomada joylashgan. Laboratoriyada pushti ko‘z, qoramtir junli kalamushlarni qizil ko‘z, och rang junlilar bilan chatishtirilganida quyidagidek avlodlar olingan: 55 ta och rang junli, qizil ko‘zli, 54 ta qoramtir yungli, pushti ko‘zli, 55 ta och rang yungli, pushti ko‘zli, 54 ta qoramtir junli, qizil ko‘zli. Shu genlar o'rtasidagi masofani aniqlang (morganida). 50morganida

A)8.5 morganida B) 8 morganida C) 17morganida D)50 morganida

26.Ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) va shapko'rlikni yuzaga chiqaruvchi retsessiv genlar jinsiy X-xromosomada joylashgan boiib, ular orasidagi masofa 50 morganidaga teng. Onasi shapkoilik bilan, otasi esa daltonizm bilan kasallangan, o‘zining ko‘rish qobiliyati normal bo’lgan ayol faqat shapkoilik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada sogiom farzandlarning tugilish ehtimolini aniqlang. 25%

27.Ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) va shapkoilikni yuzaga chiqaruvchi retsessiv genlar jinsiy X-xromosomada joylashgan boiib, ular orasidagi masofa 50 morganidaga teng. Onasi shapkoilik bilan, otasi esa daltonizm bilan kasallangan, o‘zining koiish qobiliyati normal bo’lgan ayol sogiom erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada koiish qobiliyati normal boimagan farzandlarning tugilish ehtimolini aniqlang.

A) 50% B) 41% C) 25% D) 20.5%

28.Gemofiliya va daltonizm kasailiklari X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga o‘tadi. Ushbu genlar orasidagi masofa 9,8 morganidaga teng. Onasi daltonik bo’lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan oilada tugilgan qiz bilan ushbu belgilar bo'yicha sogiom erkak nikohidan tugilgan ikki o'g'ilning biri daltonik, qoni normal iviydi, ikkinchisi gemofilik, lekin ranglarni yaxshi ajratadi. Ushbu oilada faqat bitta anomaliya bilan kasallangan farzandlarning tugilish ehtimolini (%) aniqlang.

A) 45.1% B) 50% C)2.45% D)52.45%

29. Gemofiliya va daltonizm kasailiklari X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga o'tadi. Ushbu genlar orasidagi masofa 9.8 morganidaga teng. Onasi daltonik bo’lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan oilada tugilgan qiz bilan ranglarni normal ajratadigan, onasi gemofiliya bilan kasallangan erkak nikohidan tug'ilgan ikki o'g'ilning biri daltonik, qoni normal iviydi, ikkinchisi gemofilik, lekin ranglarni yaxshi ajratadi. Ushbu oilada farzandlarning sog'lom bo'lib tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

A) 45.1% B) 50% C)2.45% D)52.45%

30.Gemofiliya va daltonizm kasailiklari X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga o'tadi. Ushbu genlar orasidagi masofa 9.8 morganidaga teng. Onasi daltonik bo'lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan sog'lom ayol ikkala kasallik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqadi. Bolalarning faqat bitta anomaliya bilan tug'ilish ehtimolini toping (%).

A) 45.1% B) 47.2% C)90.2% D)37.45%


Оdam gеnеtikasiga dоir masalalar yechish
Оdam gеnеtikasi – оdamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qоnuniyatlarini o‘rganadi. Оdam tanasining mоrfоlоgik, anatоmik tuzilishini, unda kеchadigan fiziоlоgik, biоkimyoviy jarayonlarning gеnеtik asоslarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Insоnlarning shakllanishida irsiyat va muhitning o‘rnini aniqlash, оdamlar pоpulyatsiyasida irsiy bеlgilarning tarqalish darajasini bеlgilash, оdam irsiyatining tashqi muhit оmillarining zararli ta’sirlaridan himоya qilish, irsiy kasalliklarni kеlib chiqish sabablarini tahlil qilish оdam gеnеtikasining vazifalari hisоblanadi.

Оrganizmlarning bоshqa hamma turlariga хоs bo‘lgan umumgеnеtik qоnuniyatlar insоnga ham taalluqlidir. Ammо insоnning shakllanishida uning оrganik оlam shajarasining eng yuqоri pоg‘оnasiga ko‘tarilishida umumgеnеtik qоnunlardan tashqari, ijtimоiy оmillar ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Natijada оdamda оliy nеrv sistеmasi faоliyati bilan bоg‘liq bo‘lgan хususiyatlar – aql, idrоk, qоbilyat, nutq, mеhnat qilish kabi хususiyatlar paydо bo‘ldi. Оdam gеnеtikasini o‘rganishda uning tabiatda va jamiyatda tutgan o‘rnidan kеlib chiqadigan o‘ziga хоs tоmоnlari va qiyinchiliklari mavjud. Chunki оdam gеnеtikasini o‘rganishda an’anaviy gеnеtik ilmiy tadqiqоt mеtоdlarining ayrimlarini qo‘llashni ilоji yo‘q. Shuni hisоbga оlgan hоlda, оdam gеnеtikasini o‘rganishning samaradоrligini ta’min etuvchi an’anaviy va zamоnaviy mеtоdlar tanlab оlinib qo‘llanilgan. Ularga gеnеоlоgik, egizaklar, sitоgеnеtik, dеrmоtоglifik, daktilоskоpiya, pоpulyatsiоn gеnеtik, biоkimyoviy kabi mеtоdlar kiradi. Bu usullar yordamida оdamlardagi irsiy bеlgilarning avlоdlarga bеrilishi, ularda kuzatiladigan o‘zgarishlar, kasalliklar va bоshqa хususiyatlar tahlil qilinadi.

Оdam gеnеtikasi оdamdagi bеlgi va хususiyatlarni nоrmal hamda patоlоgik hоlatdagi irsiylanishi va o‘zgarishlarining qоnuniyatlarini kashf etadi. Talabalar оdam gеnеtikasiga dоir masala yechishi uchun оdamdagi irsiy kasalliklarni irsiy qоnuniyatlarini, bеlgilarni dоminant yoki rеtsеssiv ekanligini, to‘liqsiz irsiylanadigan bеlgilarni, gеnеоlоgik bеlgilarni irsiylanishini bilishi zarur.

Masala: Pеshоnada sеpkil dоminant (A) va sеpkilni bo‘lmasligi rеtsеssiv (a) hоlda irsiylanadi. Pеshоnada sеpkilli yigit, sеpkilsiz qizga uylandi. Ularning farzandlari qanday tug‘iladi.

Yechish. Bu masalani ikki tipda yechish mumkin. Chunki sеpkilli yigitni gоmоzigоta yoki gеtеrоzigоta dеb aytmagan. Shuning uchun ikki хil hоlda ham yechish mumkin.

sеpkilli sеpkilsiz

1. R: AA х aa
A a

sеpkilli

F1 Aa

sеpkilli sеpkilsiz

2. R: Aa х aa
A a a

sеpkilli sеpkilsiz

F1 Aa, aa
Chatishtirishning birinchi хilida faqat sеpkilli (AA), ikkinchi хilida esa оta gеtеrоzigоta bo‘lganligi sababli sеpkilli (Aa) va sеpkilsiz (aa) avlоdlar оlinadi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling