Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
5.9. Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok
sxemalari Operativ tok zanjirining vazifasi Vazifalari va umumiy talablar Operativ tok deb oʻchirgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni, rele himoyasining operativ zanjirini, avtomatika, telemexanika va axborotlarni qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi. Operativ zanjirlar himoya elementlarini, shikastlangan liniya va qurilmalarni, oʻchiradigan uskunalarni tok bilan ta’minlashi juda muhimdir. Shuning uchun operativ tokka qator haqli va muhim talablar qoʻyiladi. Podstansiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi: - Akkumulyator batareyalari (AB) dan ta’minlanuvchi oʻzgarmas operativ tok manbai; - Himoyalanayotgan qurilmaning zanjiriga ulangan TT, TH, oʻz ehtiyoji transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi oʻzgaruvchan operativ tok manbai; - operativ zanjirlarni ta’minlash bloki yoki qurilmalarining toʻg’rilagichlari yordamida toʻg’rilangan (oʻzgarmas) tokka aylantirilgan oʻzgaruvchan tok manbai. Operativ tok tizimlari: -bog’liq boʻlgan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq; -bog’liq boʻlmagan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq boʻlmagan guruhlarga boʻlinadi. Operativ oʻzgarmas tok. Oʻzgarmas operativ tok manbai sifatida kuchlanishi 110-220 V, kichik nimstansiyalarda esa 24-48 V boʻlgan va hamma operativ zanjirlarni markaziy ta’minlovchi akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Ishonchlilikni oshirish uchun oʻzgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga boʻlinib, har biri alohida batareyaning 146 ishlash tizimiga ulanadi. (5.28-rasm) Himoya zanjirlari, oʻchirish chulg’amlari asosiy qism boʻlib hisoblanadi va ular boshqarish shinasi (BSh) dan ta’minlanadilar. Qoʻshish shinasi (QSh) dan ta’minlanuvchi ulash chulg’amining zanjiri ikkinchi qism boʻlib hisoblanadi. Bu QSh 400-500 A tok qabul qiluvchi moyli oʻchirgichlarning oʻchiruvchi va ulovchi chulg’amlarini ta’minlaydi. Uchinchi qismga kamroq javobgarlikka ega boʻlgan xabar (signal) shinasidan (XSh) ta’minlanuvchi xabarchilar kiradi. Operativ tokning boshqa ta’minlanuvchilari (avariya vaqtidagi yoritish, oʻz ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan tok iste’mol qiladilar. Operativ zanjirlarni qisqa tutashuv tokidan himoya qilish uchun saqlagich yoki maxsus avtomatlar (tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi) ishlatiladi. Saqlagichlarning ishga yaroqligi nazorat relelari (RYA) bilan kuzatiladi (9.1- rasm). shina XSh oʻchirgich holatini koʻrsatuvchi xabar lampalarini ulashga moʻljallangan. Batareya doimiy zaryadlanish rejimida aniq ishlaydi. Oʻzgarmas tok shiti kuch shinasi (KSh) va boshqarish shinasidan iborat. BSh ning 108 ta elementdan iborat akkumulyator batareyalari "+" va "-" shinalardan tashkil topadi. Elementlar soni 108 dan koʻp boʻlganda ular oshirilgan kuchlanishli "-" shinaga ulanadilar. BSh doimiy zaryadlanish rejimida 108 ta batareya elementlariga ulanadi. 5.28-rasm. Himoyani operativ zanjirini (boshqarish, qoʻshish, xabar berish zanjirlari) oʻzgarmas tok bilan ta’minlashning prinsipial chizmasi 147 Boshqaruvchi (ballast) qarshilik РР asosiy (pq100, 108) va qoʻshimcha (pq120,128, 140) elementlarni bir xil zaryadlanish, zaryad ostida boʻlish va razryadlanishini ta’minlaydi. Ballast qarshilik sifatida РЗВ-41 (40 A, 4,5 kVt va 100 qarshilik va yuritmali) qoʻzg’atishni boshqargich (regulyator vozbujdeniya) qoʻllaniladi. Akkumulyator batareyalari hohlagan vaqtda etarli qiymatdagi kuchlanish va quvvat bilan operativ tok zanjirlarini ta’minlab tura oladilar va bunda asosiy tarmoqqa hech qanday bog’liqlik yoʻq. Shuning uchun ular eng ishonchli manbalardan hisoblanadi. Lekin bu akkumulyator batareyalari qimmat, ularni zaryadlash uchun maxsus qurilmalar kerak, maxsus joy va malakali xizmat talab etiladi. Bundan tashqari markazlashgan ta’minot boʻlganligi sababli zanjirlarda murakkab, uzun va qimmatbaxo tok uzatuvchi simlar ishlatiladi. Shuning uchun keyingi paytda oʻzgaruvchan operativ tok manbalari keng qoʻllanilmoqda. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling