Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
 


152 
6. Gidroenergetik qurilmalarda qoʻllaniluvchi himoya turlari 
 
6.1. Tokli himoyalar. Maksimal tokli himoyalarning ishlash asoslari va 
ulanish sxemalari 
 
Tokli himoya uchun ta’sir etuvchi kattalik himoya oʻrnatilgan joydan 
oʻtuvchi tok hisoblanadi. 
Eng birinchi va oddiy tokli himoya eruvchan saqlagichlar yordamida 
bajarilgan. Kuchlanishi 1 kV gacha boʻlgan tarmoqlarda ular hozir ham 
qoʻllaniladi. 
Tokli himoyalarning ikki turi boʻlib, birinchisi – tokli kesim (TK) va 
ikkinchisi – maksimal tokli himoya (MTH) deb yuritiladi. 
 
Maksimal tokli himoyalar 
 
MTH bir tomonlama ta’minlangan elektr ta’minot tizimida asosiy himoya 
turi Hisoblanadi. Ikki tomonlama ta’minlanadigan hamda murakkab sxemali 
tizimlarda MTH yordamchi himoya sifatida ishlatiladi. MTH ning tanlovchanligi 
sabr vaqti yordamida amalga oshiriladi.
6.1-rasm МТHni pag`onali prinsipi 


153 
Bir tomonlama ta’minlanadigan tarmoqlardagi har bir liniyaning boshida 
manba tarafdan boshlab MTH oʻrnatiladi. 
Buning natijasida liniyalar alohida himoyaga ega boʻladi. 
K
1
nuqtada qisqa tutashuv sodir boʻlsa (6.1.-rasm), qisqa tutashuv toki 
tarmoqning barcha qismlaridan oʻtadi, natijada hamma oʻrnatilgan himoyalar ishga 
tushadi. Lekin tanlovchanlik shartiga asosan faqat shikastlangan liniya oʻchirilishi 
kerak. Buning uchun MTH sabr vaqti bilan bajariladi va bu vaqt iste’molchidan 
manbaga sari ortib boradi. 
Shu prinsip amalga oshsa, K
1
nuqtada qisqa tutashuv sodir boʻlganda 1 – 
himoya ishga tushib, shikastlangan liniyani oʻchiradi, 2, 3, 4 – himoyalar ishga 
tushib ulgurmasdan ular avvalgi hollariga qaytadi. 
Xuddi shuningdek, K
2
nuqtada qisqa tutashuv boʻlsa, 2 – himoya tezroq 
ishga tushadi, 3 – himoya esa koʻproq sabr vaqtli boʻlgani sababli ishlamaydi. 
Sabr vaqtini bunday tanlash pog’onalik prinsipi deb ataladi. 

t – sabr vaqtining pog’onasi deyiladi. 

t=0,5

0,6 sek oraliq olinadi. 
Sabr vaqti tokka bog’liq, bog’liq boʻlmagan yoki qisman bog’liq boʻlishi 
mumkin (6.2.-rasm). 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling