Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
6.2-rasm. Sabr vaqti tokka bog’liq grafigi 154 Himoyaninig ishlash toki I ISh ni aniqlash MTH shkastlanishlarda ishonchli boʻlishi kerak. Yuklamaning maksimal toklarida va qisqa davom etuvchi tok sakrashlarida bu himoya ishlamasligi shart. Parametrlarni tanlash shartlari quyidagicha: 1) Himoyaning tok relesi yuklama tokining maksimal qiymatida harakatga kelishi mumkin emas, Shuning uchun himoyaning ishlash toki eng katta yuklama tokidan katta boʻlishi kerak. I ish >I ish.maks bu yerda: I ish.maks – himoya qilinayotgan elementdagi maksimal ishchi tok. I hish – himoyaning ishlash toki, birlamchi tok. I ri – relening ishlash toki (ustavka toki), bu ikkilamchi tok hisoblanadi. 2) Qisqa tutashuvda harakatga kelgan tok relelari qisqa tutashuv oʻchirilgandan soʻng boshlang’ich holatiga qaytishi zarur. I q >K oʻ.i.t I ish.maks , (6.1) bu yerda: I q – relening qaytish toki K o’.i.t. – oʻz-oʻzini ishga tushirish (samozapusk) koeffitsiyenti Himoya toʻg’ri ishlashi uchun I q qaytish toki shikastlanishdan keyingi maksimal tokdan katta boʻlishi kerak. maks ish t i o maks sh I K I . . . '. . , (6.2) agar relening qaytish koeffitsiyenti ish q q I I K , (6.3) boʻlsa, unda maks ish q t i o z q q ish h I K K K К I I . . . '. . , (6.4) 155 bu yerda: K Z – zaxira koeffitsiyenti, K Z =1,1 1,2 Relening ishlash toki maks ish TT q sx t i o z ish I n K K K K I . . . '. , (6.5) bu yerda K sx – sxema koeffitsiyenti. K q – qaytish koeffitsiyenti. n TT – tok transformatorining transformatsiya koefftsiyenti. Himoyaning ishlash toki orqali sezgirlik koeffitsiyenti hisoblanadi. ish qt sez I I K min . , (6.6) bu yerda: min . qt I – qisqa tutashuv tokining minimal qiymati. ПУЭ ga asosan bu koeffitsiyent himoya qilinayotgan zonada K sez >1,5 boʻlishi kerak. 6.3-rasm. Qisqa tutashuvda va u oʻchirilgandan keyin liniyadagi tokning oʻzgarishi Rezerv zonada esa bu koeffitsiyent K sez >1,2 ga teng boʻlishi kerak. MTH sxemalari sodda va ularni sozlash ham oson. Bu MTH ning asosiy afzalligi hisoblanadi. MTH ning kamchiligi shundan iboratki, manba yaqinidagi qisqa tutashuv 156 toklarini katta sabr vaqt bilan oʻchiradi. Himoyaning prinsipial sxemalari birlashgan yoki tarqoq holda koʻrsatilishi mumkin. Birlashgan sxemalarda relening chulg’amlari va kontaktlari bir-birlariga tegishli ekanligi yaqqol koʻrinib turadi. Sxemalar murakkablashgan sari tok va kuchlanish zanjirlari hamda operativ zanjirlar alohida chizilishi lozim. Operativ zanjirlarning manbaiga qarab MTH ikki guruhga boʻlinadi: 1. Oʻzgarmas tokli 2. Oʻzgaruvchan tokli Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling