Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
PN
YuN U U n , (2.1) Uch chulg’amli transformatorlarda chulg’amlarning har qaysi jufti uchun transformatsiya koeffitsiyenti aniqlanadi: YuK va PK; YuK va OʻK; OʻK va PK. Transformatorlarning nominal toklari deb, chulg’amlarning zavod pasportida qoʻrsatilgan toklarining qiymatiga aytilib, transformatorning ana shu toklarda uzoq vaqt normal ishlashiga yoʻl qoʻyiladi. Transformatorning istalgan bir chulg’amining nominal toki uning nominal quvvati bilan nominal kuchlanishidan aniqlanadi. Qisqa tutashuv kuchlanishi U q.t. -shunday kuchlanishki, transformatorning chulg’amlaridan biriga shu kuchlanish berilganda, boshqa chulg’amiga qisqa tutashgan boʻlsa, undan oʻtayotgan tok nominal miqdoriga teng boʻladi. Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator kuchlanishining pasayish kattaligini aniqlab, uning chulg’amlaridagi toʻla qarshilikni harakterlaydi. Uch chulg’amli transformatorda qisqa tutashuv kuchlanishi uning istalgan bir juft chulg’ami uchun, uchinchi chulg’ami uzib qoʻyilib aniqlanadi. Shunday qilib, uch chulg’amli transformator u q.t. ning uchta qiymatiga ega boʻladi. Hamma transformatorlar uchun qisqa tutashuv kuchlanishi nominal kuchlanishga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi: 2 2 . . r a t q u u u , (2.2) bunda u a -transformatorning aktiv qarshiligiga bog’liq boʻlgan qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi; u r -transformatorning reaktiv (induktiv) qarshiligiga bog’liq boʻlgan qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisi. 36 Chulg’amlarning induktiv karshiligi aktiv qarshilikka qaraganda ancha katta (uncha katta boʻlmagan transformatorlarda 2-3 marta, yiriklarida esa 15-20 marta) boʻlganligi uchun u q.t. asosan reaktiv qarshilikka, ya’ni chulg’amlarning oʻzaro joylashishiga, ular orasidagi kanalning eniga, chulg’amlar- ning balandligiga bog’liq boʻladi. Salt yurish toki i c , poʻlatdagi aktiv va reaktiv isroflarni harakterlaydi va poʻlatning magnit xossasiga, magnit oʻtkazgichning tuzilishini va uni yig’ish sifatiga, hamda magnit induksiyasiga bog’liq boʻladi. Salt yurish tokining kattaligi transformator nominal tokiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Sovuqlayin prokatlangan poʻlatdan yasalgan hozirgi transformatorlardagi salt yurish toklarining qiymati katta boʻlmaydi. Salt ishlashdagi ΔP s va qisqa tutashishdagi ΔP q.t. isroflar transformatorning tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar poʻlatning qayta magnitlanishi hamda uyurma toklarni hosil boʻlishidan kelib chiqadigan isroflar yig’indisidan iborat. Qisqa tutashuv isrofida chulg’amlardan yuklama toki oʻtganda hosil boʻladigan isroflar, transformator chulg’amlari va tuzilishidan kelib chiqadigan qoʻshimcha isroflar kiradi. Sochilish magnit maydonlari chulg’amning chekka oʻramlari hamda transformator tuzilishlari (bak devorlari, yarmo balkalari va hokazolar) da uyurma toklar hosil qilib, qoʻshimcha isroflarni keltirib chiqaradi. Ularni kamaytirish uchun chulg’am koʻp tomirli transpozitsiyalangan simdan tayyorlanib, bak devorlari esa magnit shuntlari bilan ekranlanadi (toʻsiladi). Transformatorlarning chulg’amlari, odatda, yulduz Y, chiqarilgan neytralli 2.2-rasm. Transformator va avtotransformatorlarning neytrallarini yerga ulash usullari: a) 110-220 kV li YuOR siz transformatorlarda; b) 330-500 kV li YuOR siz transformatorlarda; d) 110 kV li o‘rnatilgan YuOR li transformatorlarda; e) avtotransformatorlarda; f) 150-220 kV li YuOR li transformatorlarda; g) 330-500 kV li YuOR li transformatorlarda 37 yulduz Y va uchburchak Δ koʻrinishidagi sxemalar boʻyicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarning EYuK lari (E Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling