Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Sinxron uzgichlar tokni nol orqali bevosita oʻtish oldidan kontaktlarni
uzishga asoslangan. Yuqorida koʻrsatilganidek, bu holda yoyni soʻndirish ancha osonlashadi, chunki yoyda ajraydigan energiya ancha kamayadi. Bunday uzgichlarni yaratishning asosiy murakkabligi juda aniq sinxronlovchi qurilmaning talab etilishidir, u kontaktlarni ajratish uchun tok nol orqali oʻtishidan 0,0001-0,0002 s oldin impuls berishi kerak. Sinxron uzgichning blok-sxemasi 4.7-rasmda 4.7-rasm. Sinxron o`chir- gichining funksional sxemasi 84 koʻrsatilgan. Sinxronlovchi qurilma 1 rele muhofazasi 2 ishga tushganidan soʻng, uzish uchun blok 3 ga impuls beradi. Uzuvchi impuls uzgich 5 ning qoʻzg’aluvchan kontakti bilan bevosita bog’langan yuritma 4 ga uzatiladi. Yuritmaning bevosita kontaktlar bilan bog’liqligi kontaktlarning tez ajrash imkoniyatini beradi, biroq, yuritmani izolyatsiyalashni talab etadi, chunki u yuqori potensial ostida boʻladi. Ayrim konstruksiyalarda kontaktlarning tez ajrashi poroxli patronning portlashi bilan ta’minlanadi, boshqalarida sinxronlovchi qurilma vakuumli uzgich bilan birgalikda qoʻllaniladi. Tokning nol orqali birinchi marta oʻtishigacha zanjirni uzish, energotizimlarning dinamik turg’unligini oshiradi, chunki qisqa tutashuv toklarining oʻtish vaqti kichik boʻlib, tez uzish hisobiga shikastlash kamayadi. Sinxron uzgichi kontaktlarining ishlash vaqti ortadi, chunki ular katta toklarni uzmaydi. Bu uzgichlarning uzish qobiliyati ancha katta boʻlishi mumkin. Dunyo amaliyotida 500 kV kuchlanishgacha va uzish quvvati 25000 MVA li havo sinxron uzgichlari mavjud. 4.3. Yuqori kuchlanishli ajratkichlar Ajratkichlar bu kontaktli kommutatsion apparat boʻlib, u toksiz va kichik tokli elektr zanjirlarni ulash yoki uzish uchun xizmat qiladi. Ajratkich xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uzilgan holatda kontaktlari orasida izolyatsiya oralig’iga ega boʻladi. Remont ishlari paytida remont uchun chiqarilgan apparatning tok oʻtkazuvchisi va kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlar orasidagi ajratgich tomonidan koʻrinadigan uzilish hosil qilinadi. Ajratkichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki ajratkichlarning kontakt tizimi yoy soʻndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning uchun yuklama toklarini notoʻg’ri uzish hollarida turg’un yoy hosil boʻlib, bu hol fazalararo q.t. ga va ishlayotgan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi 85 mumkin. Ajratkichni ishlatishdan oldin zanjir uzgich yordamida uzilgan boʻlishi kerak. Biroq elektr qurilmalarning sxemalarini soddalashtirish uchun quyidagi operatsiyalarni bajarishda ajratkichlarni ishlatish ruxsat etiladi: elektr tarmog’ida yerga tutashish boʻlmasa, transformatorlarning neytrali va yoy soʻndiruvchi g’altaklarini uzish va ulash; shinalarning zaryad tokini va hamma kuchlanishlardagi asbob-uskunalarni (kondensatorlarning batareyalaridan tashqari) uzish va ulash; 10 kV va undan kichik kuchlanishdagi 15A gacha boʻlgan yuklama tokini ochiq joyga oʻrnatilgan uch qutbli ajratkich bilan uzish va ulash; agar ajratkich past omli parallel zanjir (shina ulagich yoki aylanib oʻtuvchi uzgich bilan) bilan ishonchli shuntlangan boʻlsa, u bilan operatsiyalarni bajarishga ruxsat etiladi; ajratkich va uzgichlar yordamida kuch transformatorlarining kichik magnitlovchi tokini hamda havo va kabel liniyalarining zaryadlovchi tokini uzish va ulash mumkin. Ajratkich uzadigan tok uning konstruksiyasi (pichoqlarining gorizontal, vertikal joylashuvi)ga, qutblari orasidagi oraliqqa, qurilmaning nominal kuchlanishiga bog’liq boʻlganligi uchun, bunday operatsiyalarga instruksiya va direktiv koʻrsatmalar orqali ruxsat beriladi. Agar zanjirda ajratkich va uzgich boʻlsa, u holda magnitlovchi tok va zaryad toklarini uzish va ulashda, shu operatsiyalarni tez bajaradigan 4.8-rasm. Gorizontal-aylanuvchi РНД 3-2-110/2000 tipidagi ajratkich: a-ajratkich ulangan holatda; 1-rama; 2- tayanch izolyator; 3-shinadagi ulovchi uchlik; 4-elastik bog‘lama; 5-lamelli bosh pichoq; 7-yerga tutashtirpuvchi pichoqlar; 8-yuritmaga keladigan tortqi; 9-yuritma; b- 110 kV li OTQ ga o‘rnatilgan ajratkichning uzilgan holati 86 4.9-rasm. Qirquvchi tipdagi ajratgichlarning kontakt tizimi prujinali yuritmaga ega boʻlgan uzgichdan foydalanish lozim. Ajratkichlar elektr qurilmalarning sxemalarida muhim ahamiyatga ega, ularning ishonchli ishlashiga qarab butun elektr qurilma ham ishonchli ishlaydi, shu sababli ularga quyidagi talablar qoʻyiladi: havoda koʻrinadigan uzilish hosil qilishi, bu holning elektr mustahkamligi maksimal impuls kuchlanishiga mos kelishi kerak; q.t. toklari oqib oʻtganida elektrodinamik va termik turg’un boʻlishi; oʻz-oʻzidan uzilib (oʻchib) qolmasligi eng noqulay ish sharoitlarida (muzlash, qor, shamol va shu kabilar) aniq uzish va ulash imkonini berishi lozim. Ajratkichlar qutblarining soniga qarab bir va uchqutbli, qurilma turiga qarab ichki va tashqi qurilmalar uchun, konstruksiyasi boʻyicha - kesuvchi, aylanma, g’ildirovchi va osma tiplarda boʻladi. Oʻrnatilish usuliga qarab pichoqlar vertikal va gorizontal joylashgan ajratkich-larga boʻlinadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling