Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


 Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

4.3.1. Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar
Ichki qurilmalar uchun bir qutbli (РВО) yoki uchqutbli (РВ, РВК, РВРЗ va 
shu kabi) ajratkichlar qoʻllaniladi. Uch qutbli ajratkichlar umumiy ramada yoki har 
bir qutb uchun alohida ramada tayyorlanishi mumkin. Har bir qutb ajratkichning 
yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A gacha boʻlgan 
toklarga ajratkichning pichog’i ikkita mis polosadan, katta toklar uchun pichoq 
uch-toʻrt polosadan tayyorlanadi. Shina konstruksiyalaridagi kabi, katta toklarda 
materialdan yaxshi foydalanish uchun, qoʻzg’almas kontaktlar qutisimon kesimda, 
ajratkich pichog’i, esa tog’ora shaklda tayyorlanishi kerak. 


87 
 Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda pichoq qoʻzg’almas kontaktlardan 
birining atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi. 
Kontaktlardagi kerakli bosim prujinalar orqali hosil qilinadi. Kesuvchi 
tipdagi ajratkichlarning kontakt tizimining tuzilishini koʻrib chiqamiz (4.9-rasm). 
Izolyator 1 da toʻg’ri burchak ostida bukilgan mis shina mahkamlangan boʻlib, u 
qoʻzg’almas kontakt 2 hisoblanadi. Kontakt 2 ning yon tomonlari silindrik sirt 
koʻrinishida ishlangan, shuning uchun pichoq 6 plastinalari bilan chiziqli kontakt 
hosil qiladi. Sterjen 5 ga oʻrnatilgan prujinalar 4 poʻlat plastinalar Z ni bosadi, 
plastinalar chiqqan joylari bilan pichoqlarni qoʻzg’almas kontaktga siqadi. 
Kontaktda bosim qancha katta boʻlsa, oʻtish qarshiligi shunga kichik boʻladi, lekin 
uzishlar va ulashlardagi ishqalanish hisobiga kontaktlar yeyilishi katta va 
ajratkichni operatsiyalardagi harakatlantirish uchun qoʻyiladigan kuch shuncha 
katta boʻladi. 
Q.t. toklarining oʻtishi paytida tokning pichoq plastinalaridan kontaktlarga 
oʻtish joylarida elektrodinamik kuchlar hosil boʻladi, ular kontaktdan pichoqlarni 
itarishga harakat qiladi. Boshqa tomondan, pichoq plastinalari bir tomonga 
yoʻnalgan toklarning oʻzaro ta’siri sababli bir-biriga tortiladi. Q.t. toklari katta 
boʻlganda itarish kuchlari plastinalar pichoqlarining tortish kuchidan katta boʻlishi 
mumkin, bu plastinalar pichoqlarini kontaktdan otilib chiqishiga, yoyning paydo 
boʻlishiga, ya’ni avariyaga olib keladi. Buning oldini olish uchun ajratkichlarda 
magnit qulf qurilmasi koʻzda tutiladi. U pichoq tashqarisiga joylashgan ikkita 
poʻlat plastinalar 3 dan iborat boʻlib, birinchidan, prujinalar bosimini uzatish uchun 
xizmat qilsa, ikkinchidan, q.t. toklaridan magnitlanib bir-biriga tortiladi va 
kontaktda qoʻshimcha bosim hosil qiladi. Ikkinchi izolyatordagi ajratkichning 
kontakt tizimi ham shunday konstruksiyaga ega, faqat kontaktlar sirpanuvchi, 
sharnirli, lekin ajralmaydigan boʻladi, chunki pichoq oʻq 7 atrofida aylanadi.
Yerga tutashtiruvchi pichoqlar boʻlsa, ular sharnirli yoki ajraluvchi 
kontaktlar tomonida yoki ikkala tomonda joylashishi mumkin. Uch qutbli 
qurilmalarda, ular umumiy mis shinalar bilan qisqa tutashtiriladi.
Yerga tutashtiruvchi pichoqlar bosh pichoqlar ulangan holatda, ularning 


88 
ulanishiga yoʻl quymaydigan mexanik blokirovkaga ega. Yerga tutashtiruvchi 
pichoqlarni boshqarish uchun dastadan valga harakat beruvchi richaglar (ПР) 
tizimidan yoki chervyakli yuritmadan (ПЧ) tashkil topgan oddiy qoʻl yuritmasidan 
foydalaniladi. Bosh pichoqlarni ulash yoki uzish bu operatsiyalarni masofadan 
amalga oshirish imkonini beradigan elektr dvigatel yuritmasi (ПДВ) tomonidan 
amalga oshiriladi.
Oʻz-oʻzidan uzilishi yoki ulanishni yoʻqotish uchun yuritmaning richaglar 
tizimi yordamida ajratkich ulangan yoki uzilgan holatda ishonchli tutib turiladi. 
Komplekt ekranlangan tok oʻtkazuvchi qurilmalar uchun pichog’i ilgarilama 
harakat qiladigan aylanuvchi tipidagi ajratkichlar; chervyakli yuritma bilan 
boshqariladigan qirquvchi tipidagi; ZR tipidagi yerga tutashtiruvchi ajratkichlar 
qoʻllaniladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling