Suv bosimini inshootga uzatish usuli bo‘yicha zatvorlar bosimni oraliq va yon devorlarga, inshoot ostonasiga, ostona va oraliq devorga (yon devorga), chuqur joylashgan tirqish konturi yoki uning bir qismiga uzatish va suv bosimini inshootga uzatmaydigan turlarga bo‘linadi.
Harakat qilish usuli bo‘yicha zatvorlar ilgarilanma siljiydigan, aylanuvchi, dumalanuvchi, erkin suzuvchi turlarga bo‘linadi.
Uzatma turi bo‘yicha zatvorlar elektr, gidravlik yuritma va qo‘l kuchi bilan harakatlanadigan yoki suv ta’siridan, ya’ni suv bosimi kuchi harakatlanishidan foydalanish mumkin.
Yuza joylashgan zatvorlar tasnifi. Zatvor konstruksiyasini harakterlaydigan asosiy belgilardan biri suv bosimini inshootga uzatish usulidir.
Bosimni oraliq va yon devorlarga uzatuvchi zatvorlar:
yassi shandorlar va yassi zatvorlar (1-rasm, a, b), ular ilgarilanma harakat qiladi;
segmentli, aylanma harakat qiladi (1-rasm, d);
valikli, dumalanuvchi (1-rasm, e).
1 - rasm. Yuza joylashgan asosiy zatvor turlari
Suv bosimini inshootga uzatadi: a-e-oraliq va yon devorlarga; f-n ostonaga;o-r-ostonaga va oraliq devorlarga; q-inshoot-a bosim uzatilmaydi.
Bosimni inshoot ostonasiga uzatuvchi zatvorlar:
sektorli, o‘qlari pastki va yuqori byeflar tomonidan joylashgan va o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi (1 - rasm, f, g);
tomsimon, ikkita shitdan tashkil topgan, gorizontal o‘q atrofida aylanadi;
klapanli, bitta shitdan tashkil topgan, gorizontal o‘q bo‘yicha buriladi (1 - rasm, h);
pazga o‘xshash konstruksiyadan yon devorga qarab oraliqlarni berkitish uchun siljitiladigan (1 - rasm, i);
buriluvchi fermali zatvorlar oqimi bo‘yicha joylashgan fermalarga mahkamlab quyiladi va oraliqni yopish uchun vertikal holatda o‘rnatiladi, so‘ngra ferma oraliqlariga shitlar yoki spitsalar o‘rnatiladi (1 - rasm, j);
buriluvchi ramalar, oqim joylashgan o‘qlar atrofida buriladi, ramalar vertikal holatda bevosita oraliqni yopadi (1 - rasm, k);
og‘ma zatvorlar bunda uning tayanch metall ustunlari ham og‘ma ko‘rinishda bo‘lib, zatvor oralig‘i yassi to‘sinlar bilan berkitiladi
(1 - rasm, l);
yumshoq, qobig‘ni matodan tayyorlanadi, ular suv yoki havo bilan to‘ldiriladi (1 - rasm, m).
Do'stlaringiz bilan baham: |