Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Download 151.35 Kb.
bet9/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

a-konsollarda; b-tayanch ustunlari devorlari oralig‘ida; d-aravaga birlashtirilgan g‘ildiraklar; 1-yuruvchi arava; 2-balansir; 3-tayanch to‘sini.
G‘altakli tayanchlar zanjirli traktorlarga o‘xshash va birlashtirilgan g‘altak zanjiridan tashkil topgan bo‘lib, pazga mustahkamlangan rels va chetki tayanch ustuni bo‘yicha g‘ildiraydi (14 - rasm, e). Ularni tayanchga tushadigan g‘ildirak yuk ko‘tarishi ko‘p bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. g‘ildirakli va g‘altakli zatvorlarning afzalligi: 1) siljish paytida boshlang‘ich qarshilikni kamaytiradi; 2) harakat paytida kam qarshilik ko‘rsatishi. Kamchiliklari: 1) tayyorlash va o‘rnatish narxining yuqoriligi; 2) quyilma qismlarning murakkabligi; 3) pazlarning o‘lchami nisbatan kattaligi.
Yuqorida tavsifi keltirilgan tayanch harakatlanuvchi qismlar bilan birga qo‘shimcha yo‘naltiruvchi va tirgovuchli qurilmalar qo‘llaniladi (12rasm). Ular quyidagi vazifalarni bajaradi; 1) zatvor ko‘ndalang siljishlarini chegaralaydi; 2) zatvor yuklanmagan holatida uni tayanchlarga siqadi; 3) og‘irlik markazi chegarasida aniq o‘rnatilmagan zatvor ko‘tarilishida yuklamalarni qabul qiladi; 4) asosiy zatvorga yaqin joylashgan avariya zatvorlarini yopishda hosil bo‘ladigan yuklamalarni qabul qiladi; 5) gidrodinamik yuklamalar ta’sir etganda zatvor tebranishlarini pasaytiradi; 6) yo‘naltiruvchi qurilmalar sifatida po‘lat tayanchlar, DSP li sirpanuvchi tayanchlar, yon tomonli g‘ildiraklar qo‘llaniladi. Tirgovuchli qurilmalar sifatida teskari yostiqchalar, yakka g‘ildiraklar, massiv egiluvchan rezinali bufer aravalar, ressor aravalar va shu kabilar qo‘llaniladi.

Yuza joylashgan zatvorlarning maxsus turlari


Yassi zatvor harakatlanuvchi qismi bilan yopilgan suv dimlovchi inshootlar oraliqlari muz va suzgichlarni o‘tkazishda qiyinchiliklarga uchraydi. Zatvorlar to‘liq ko‘tarilganda suvdagi oquvchi barcha jismlar to‘siqlarga uchramasdan inshoot orqali tashlanadi va ortiqcha suv sarfini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ladi. Muz ko‘chish davrida suv sarfini o‘tkazishda oraliqlarning bir qismida muz tiqilib qolish hollari uchraydi, zatvor ostidan esa muzlarni tashlash tavsiya qilinmaydi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun yassi zatvorlarning maxsus turlari qo‘llaniladi.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling