Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Download 151.35 Kb.
bet10/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Ikki qatorli zatvorlar (10 - rasm, d), ikkita yassi zatvordan tashkil topgan bo‘lib, ular umumiy pazda bir-biridan mustaqil holda harakat qiladi. Bu zatvorlar harakat qiluvchi qismi pastki va yuqori qismlardan tashkil topadi. Konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha ikki qatorli zatvorlarning quyidagi turlari mavjud: 1) mustaqil harakat qiluvchi, har ikki qismning har biri turli tayanch harakatlanuvchi qismi bo‘yicha siljiydi; 2) zatvor pastki konsol qismi bo‘yicha; 3) E shaklidagi zatvor yuqori konsol qismi bo‘yicha. Ikki qatorli zatvorlarda yuqori qismi ko‘tarilib-tushishi natijasida suvni tashlash va u bilan birga zatvor ustida suzgichlarni tashlab yuborish ta’minlanadi. Zatvor yuqori qismidan suvni yaxshi quyilishini ta’minlash uchun tushayotgan oqim trayektoriyasiga mos bo‘lgan egri chiziq yuzali shakl beriladi.
Ko‘p seksiyali yassi zatvorlar (10 - rasm, b). Bu turdagi zatvorlar bir nechta qo‘zg‘aladigan qismlardan tashkil topgan. Zatvor yuqori qismini chiqarib olib, pastda joylashgan qismlar yuqorisidan suvni va oquvchi jismlarni tashlab yuborish mumkin.
Klapanli yassi zatvorlar (10 - rasm, e). Muz va suzgichlarni tashlab yuborish uchun yassi klapanli zatvorlar qo‘llaniladi. Klapan yassi zatvorga ulanib, gorizontal o‘q bo‘yicha aylanuvchi tabaqadir va u oraliqning uzinasi bo‘yicha mahkamlangan. Inshootdan tashlanadigan muz qalinligiga ko‘ra klapan balandligi 1 m dan 1,5 m gacha qabul qilinadi. Klapan tushirilishi natijasida zatvorni ko‘tarmasdan muz va suzgichlarni tashlab yuborish mumkin. Suv oqimi gidravlik oqish sharoitlarini yaxshilash uchun klapanga so‘yri shakl beriladi. Oraliq devorlar o‘rtasiga joylashtirish sharoitidan kelib chiqqan holda, klapan uzunligini inshoot oraliq kengligidan kichik qabul qilinadi (klapan tushirilgan holatda bo‘lganda).


Zatvorlarning zichlash qurilmalari
Zichlash qurilmalari zatvorning harakatlanadigan va harakatlanmaydigan qismlari orasidagi tirqishni yopish vazifasini bajaradi. Zatvor zichlagichlarini loyihalashda quyidagi asosiy talablar quyiladi: 1) zich yopiladigan; 2) chidamli; 3) yemirilmaydigan; 4) zatvor harakatlanganda katta qarshilik ko‘rsatmaydigan; 5) ta’mirlash ishlarini olib borish uchun qulay bo‘lishligi; 6) suv oqimi o‘tishi ta’siridagi tebranishlarga ustuvor bo‘lishi.
Yuza joylashgan zatvorlarda ikki turdagi zichlagichlar qo‘llaniladi:
tubdagi gorizontal va yon tomondagi vertikal.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling