Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Download 151.35 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar.
Yog‘och zatvorlar odatda 6…8 sm qalinlikdagi taxtalardan oralariga ichki reykalar qo‘yib yasaladi. Ba’zan taxtalar bir-birlariga kirgizib birlashtiriladi, lekin ularning birlashgan yerlaridan suv singib turadi. Shuning uchun taxtalarni bir xilda birlashtirish tavsiya etilmaydi (9 rasm).
8 - rasm. Yog‘och spitsalar: 9 - rasm. Yassi yog‘och zatvor. 1-flyutbetga uyilgan chuqurcha; 2-xizmat ko‘prigi; 3-spitsalar. Taxtalar suv bosimi tomonida o‘rnatilgan qo‘sh ilgak temir tasma (8 x 50 mm) bilan ko‘tarilib tushiriladi. Bunday zatvorlarning kengligi 1…1,5 m va balandligi 1,25…1,7 m chamasida bo‘ladi. Zatvorlarning chetlariga temir tasma yoki prokat burchaklar qoqib qo‘yiladi. Zatvor taxtalari ikki tayanchda erkin yotgan to‘sin sifatida hisob qilinadi, lekin hisoblash vaqtida taxtalarning shponkalar bilan zaiflashishi hisobga olinadi. Yassi metall zatvorlarUmumiy ma’lumotlar. Yassi metall zatvorlar yassi rigelli konstruksiyadan iborat bo‘lib, ular oraliq va yon devorlardagi pazlarda harakat qiladi. Ulardan asosiy, ta’mirlash, avariya, avariya-ta’mirlash va qurilish zatvorlari sifatida foydalaniladi. Zatvor harkatlanuvchi oraliq tuzilmalari, tayanch harkatlanuvchi qismdan, zichlagich va ilgak qurilmalaridan tashkil topadi. Yassi zatvor asosiy turlari 5.10 - rasmda keltirilgan. Yakka holdagi zatvor bitta harkatlanuvchi konstruksiyadan iborat, seksiyali zatvor esa bir nechta harakatlanuvchi konstruksiyadan tashkil topib, kran yuk ko‘tarishini oshirmasdan ularni navbat bilan ko‘tarib-tushirish baland tirqishlarni yopishga imkon beradi. Ikkita harakatlanuvchi konstruksiya ko‘rinishda ikki qatorli va klapanli zatvorlar yasaladi. 10 - rasm. Asosiy yassi zatvor turlari sxemalari: a - yakka holdagi; b - seksiyali; d - ikki qatorli; e - klapanli. Yassi zatvorlar quyidagi afzalliklarga ega: zatvorlar yordamida 40 m gacha (bosim 15 m gacha) bo‘lgan oraliqlarni yopish mumkin; ularni vodoslivning har qanday konstruksiyalarida ishlatish mumkin; uncha uzun bo‘lmagan oraliq va yon devorlar uzunliklari talab qilinmaydi; zatvorni ko‘tarish va bir oraliqdan ikkinchi oraliqqa o‘tkazish imkoniyati borligi; konstruksiyaning xilma-xilligi ulardan foydalanish uchun qulay turini tanlash imkonini beradi. Ularning kamchiliklariga quyidagilar kiradi; katta oraliqlarni yopishda ko‘p miqdordagi ko‘tarish kuchi talab qilinadi va ko‘tarish mexanizmlarining narxi oshadi; zatvorni ko‘tarib-tushirishda oraliq va yon devorlar balandligi oshadi; pazga qo‘zg‘almas qismlarning joylashtirish hisobiga oraliq devor qalinligi oshadi. rasm. Yassi metall zatvor: a - yuqori byef tomonidan ko‘rinishi; b - plan. Yassi metall zatvor oraliq tuzilmasi to‘sinlar tizimidan va qoplamadan tashkil topadi. Uncha katta bo‘lmagan tarmoqlardagi inshootlar zatvor-lari oraliq tuzilmalari 6 mm li listli pulatga prokat burchaklar va tasmalar mahkamlanib quyilgan namunaviy loyiha asosida bajariladi (11 - rasm). Yassi metall zatvorlarda maxsus zichlagichlar va tayanch harakat-lanuvchi qismlar yo‘q. Katta zatvorlarning oraliq tuzilmalari rigellardan, qoplamadan to‘sinli kataklardan, ko‘ndalang bog‘lovchilar yoki diafragmalar, chetki tayanch ustunlaridan yoki yuk ko‘tarish fermalardan tashkil topgan (12, 13 rasmlar). rasm. Yassi zatvor sxemalari: a-ko‘ndalang tizim to‘plami; b-bo‘ylama tizim to‘plami (yaxlit diafragma ko‘rinishdagi ko‘ndalang bog‘lovchilar); d-ko‘ndalang kesim va yon tomondan ko‘rinishi. rasm. Yassi zatvor oraliq tuzilmasi elementlari: (ko‘rinish 12 - rasmga qarang). Oraliq tuzilma tirqishni yopadi va suv bosimini o‘ziga qabul qiladi., u yuklamani stringerlar (rigelga paralel to‘sinlar) 2 va ko‘ndalang to‘sinlar (rigelga perpendikulyar to‘sinlar) 3 dan tashkil topgan to‘sinli katakka uzatadi. So‘ngra yuklama rigellar 4 ga uzatiladi. Ko‘ndalang bog‘lovchilar 5 sterjenlar yoki yaxlit diafragma ko‘rinishda bo‘lib, zatvorni burilib ketishiga qarshilik ko‘rsatadi va to‘sinli katakka tushadigan yuklamani uzatishda qatnashadi. Agar qoplama ko‘ndalang bog‘lovchilarning vertikal elementlariga yoki bevosita diafragmaga tayansa ular to‘sinli katakning ko‘ndalang tusini vazifasini bajaradi (12 - rasm, i, 13 - rasm, a). qoplamaga paralel tekislikda bo‘ylama bog‘lovchilar 6 ni yuk ko‘taruvchi fermalar hosil qiladi va ular zatvor og‘irligi hamda tik yuklamalarni qabul qilib rigellarni o‘zaro o‘zgarmas holatini ta’minlaydi. Rigellar yuk ko‘taruvchi fermalarning tasmalari sifatida xizmat qiladi. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling