Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Download 151.35 Kb.
bet21/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Konusli zatvorlar (29 - rasm, g) ba’zida ularni teleskopik zatvor ham deb ataladi. Ular suv o‘tkazuvchi quvur chiqish qismida o‘rnatiladi. U silindrik nasadka ko‘rinishda, qimirlamaydigan qilib bir uchi suv o‘tkazuvchi quvurga va ikkinchi uchi esa konusli ekranga ulanadi, qimirlamagan holda boshqarilib halqasimon tirqishni tashkil etadi. Nasadka bo‘yicha maxsus mexanizm yordamida tashqi halqa siljiydi, u bilan halqasimon fazoviy tirqish ochilishi boshqariladi. Tashqi halqaning eng chekka o‘ng holatida tirqishlar yopiladi va suv chiqishi to‘xtaydi. halqa chap tomonining eng chekka holatida tirqishlar suv chiqarishi uchun bo‘shaydi va suv oqimi bundan halqali jilg‘a ko‘rinishda atmosferaga otilib chiqib pastki byefga tushadi. Suvni ortiqcha sochilib yubormaslik uchun maxsus nasadkalar va so‘ndiruvchi kameralar o‘rnatiladi (29 - rasm, g). Nasadkani zatvor qo‘zg‘almaydigan kichik quvuriga shunday mahkamlanadiki, undan urilib qaytgan oqim jilg‘alari zatvor o‘qi bo‘yicha yo‘naladi. So‘ndiruvchi kamerani zatvordan keyin o‘rnatiladi. Uning devorlari shakli shunday tanlanadiki, urilib qaytgan oqim jilg‘alari pastki byefga yaxlit oqim bo‘lib tutashishi kerak. Konusli zatvorlar oqimning ajratish zonasi hosil bo‘ladigan K uzelidan tashqari kavitatsiya yemirilishlariga uchramaydi. Konusli zatvorlar bosim 10...20 m dan 250...300 m gacha, diametri 6500 mm gacha bo‘lgan tug‘on suv tashlash, suvdan bo‘shatish va suv chiqarish inshootlarida asosiy zatvor sifatida qo‘llaniladi.

Adabiyotlar:



  1. Altunin V.S., Meliorativniye kanali v zemlyanix ruslax. -M.: Kolos, 1979.

  2. Altunin S.T., Regulirovaniye rusl. - M.: Selxozizdat, 1962.

  3. Bakiyev M., Nosirov B., Xo‘jaqulov R. Gidrotexnika inshootlari. T., «Bilim», 2004.

  4. Bakiyev M.R., Rahmatov N., Ibraimov A. Kanaldadi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish. Toshkent, FAN. 2018. 278 b.

  5. Veksler A.B., Ivanshinsov D.A, Stefanishin D.V Nadejnost, sotsialnaya i ekologicheskaya bezopasnost gidrotexnicheskix obektov: otsenka riska i prinyatiye resheniy. Sankt-Peterburg: OAO «VNIIG im B.YE. Vedeneyeva», 2002.

  6. Volkov I.M., Kononenko P.F, Fedichkin I.K. Gidrotexnicheskiye soorujeniya. - M.: Kolos, 1968.

  7. Volkov I.M. idr. Proyektirovaniye gidrotexnicheskix saorujeniy. M., Kolos, 1977.

  8. Gidrotexnicheskiye soorujeniya. /Pod red.N.P.Rozanova.M., «Stroyizdat, 1978.

  9. Gidrotexnicheskiye soorujeniya. /Pod red. N.P. Rozanova. M., «Agropromizdat», 1985.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling