Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Download 151.35 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskli (drosselli) zatvorlar
- Sharsimon zatvorlar
Yassi zadvijkalar (29 - rasm, a) quvurlarga flanslar bilan ulangan quyma (chugun yoki po‘lat) korpusga ega. Korpus ichida ilgarilanma harakat qiluvchi quyma disk harakatlanib tirqishni yopadi. Yopilish zichligi ishchi diskning ponasimon shakli tufayli erishiladi. Bunday zadvijkalar diametri 1500 mm gacha va bosim 100 m gacha, kichik diametrlarda esa bosim 250...300 m gacha bo‘lganda qo‘llaniladi. Diametri 750 mm gacha bo‘lgan zadvijkalar bosim farqi hisobiga ochilib - yopiladi. Katta diametrlarda diskning ikkala tomonidan bosim tenglashtirilganda ular ochilib-yopiladi (ta’mirlash zatvorlari sifatida foydalaniladi). Bosimlarni tenglashtirish uchun aylanma quvur (baybas) o‘rnatiladi. Bosim 25...30 m gacha zadvijka bilan suv sarfini rostlash mumkin (ishlab chiqargan zavod roziligi bo‘yicha), katta bosimlarda ular chegaraviy holatda ishlaydi. Bosim 15 m gacha zadvijkalar rostlagichlarda va chuqurlikda suv olishda asosiy zatvor sifatida keng qo‘llaniladi. Ularni suv ta’sirida boshqariladigan tizimlardagi zatvorlarda va baypaslarda qo‘llaniladi. Bosim 50...70 m va undan yuqori bo‘lsa faqat po‘lat korpusli zadvijkalar qo‘llaniladi.
Diskli (drosselli) zatvorlar (29 - rasm, b) quvurlarga flanslar bilan ulangan po‘lat korpusdan tashkil topgan. Korpusda linzasimon disk joylashtirilgan, u quvur o‘qiga perpendikulyar orqaga buriladi va aylana uzunligi bo‘yicha zichlash moslamasiga siqiladi. Zatvorni boshqarishda uncha katta kuch talab qilinmaydi, ammo u to‘liq ochilganda ustivor emas va ishonchli mahkamlash (fiksatsiya) talab qilinadi. qisman ochilganda, burilish burchagi 10...300 bo‘lganda, tebranishni keltirib chiqaradigan uyurmalar hosil bo‘ladi. Ularni chuqur joylashgan suv o‘tkazuvchi traktlarini to‘suvchi avariya va ta’mirlash zatvorlari sifatida qo‘llaniladi. Diametri 1500 mm li diskli zatvorlar seriyali chiqariladi. Sharsimon zatvorlar (34-rasm, d) po‘lat korpusdan iborat bo‘lib, unda aylanuvchi klapan joylashtirilgan. Silindrik qisqa quvur klapani to‘liq ochilganda keluvchi va ketuvchi quvur qismlarini birlashtiradi. Klapan 900 yonboshga burilganda segment sirtli zichlagich quvur bilan tutashadi va tirqishni zich yopadi. Sharsimon zatvorlar gidroelektronstansiya bosimli quvurlari oldiga quyiladigan ta’mirlash zatvorlari sifatida ishlatiladi. Ularning diametri 500...8000 mm ni tashkil etadi, u 100...300 m bosimlarda ishlaydi. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling