Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


zatvorlar. Cho‘ktirma zatvorlarni takkomillashtirish usullari. Chuqur joylashgan teshiklarni birkituvchi zatvorlar


Download 151.35 Kb.
bet16/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Chuqur joylashadigan zatvorlar. Yassi, disk, bo‘lakli, silindrlik

zatvorlar. Cho‘ktirma zatvorlarni takkomillashtirish usullari. Chuqur joylashgan teshiklarni birkituvchi zatvorlar


Chuqur joylashgan zatvorlar suv chiqaruvchi, suvdan bo‘shatuvchi, kema o‘tkazuvchi galereyalari va boshqa bosimli inshootlar tirqishlarini yuqori byef sathidan pastda joylashganda yopadi.
Chuqur joylashgan zatvor yuza joylashgan zatvorga nisbatan tirqishi bir –xil bo‘lgan yuzaga kata yuklamani qabul qiladi, suv oqimi juda yuqori tezliklarda ishlaydi, barcha perimetri bo‘yicha ishonchliligi yuqori zichlagichlar qo‘llaniladi, yuk ko‘tarish qobiliyati katta mexanizmlar qo‘llaniladi, nazorat va ta’mirlash ishlarini olib borish qiyin.
Tirqish qisman ochilganda chuqur joylashgan zatvor joyida va undan keyin katta tezliklar hosil bo‘ladi. Zatvor va suv o‘tkazuvchi quvur devorlari oqim yo‘nalishini o‘zgartirishi bosimni keskin o‘zgarishga va uyurmalar hosil bo‘lishga olib keladi. Ular zatvorga ta’sir qiladigan bosim pulsatsiyasini va tezlikni oshiradi, vakuum va kavitatsiya hosil bo‘lishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun chuqur joylashgan zatvorlar pastki byef tomonidan ko‘milishi kichik o‘lchamli tirqishlarda va kichik bosimlarda yo‘l quyiladi. Kavitatsiya eroziyasiga (yemirilishga) qarshi maxsus choralar ko‘riladi: 1) zichlagichlar zichlanishi (germetikligi) ta’minlanadi; 2) vakuum hosil bo‘lish zonalariga havo yuboriladi; 3) tayyorlash va o‘rnatishga yuqori talablar quyiladi.
Chuqur joylashgan zatvorlar yuza joylashgan zatvorlarga ko‘ra xilma-xil turlari mavjud emas, chunki chuqur joylashgan suv o‘tkazuvchi tirqishlar bajaradigan funksiyalari chegaralangan (ular muz va suzgichlarni tashlab yubora olmaydi hamda kemalarni o‘tkaza olmaydi). Chuqur joylashgan tirqishlar doiraviy, kvadrat, to‘g‘ri burchakli oval kesimli bajariladi, ular balandligi va kengligi nisbati 2,5...3 gacha bo‘lishi kerak. Chuqur joylashgan zatvorlar bilan yopiladigan suv o‘tkazuvchi quvurlarda zatvor kamerasi o‘rnatiladi. Zatvor kamerasi-bu suv o‘tkazuvchi quvurning bir qismi, zatvor o‘zini joylashtirish va zatvor o‘rnatilgan joyda suv o‘tkazuvchi quvurning keluvchi va ketuvchi uchastkalarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Zatvor kamerasi chegarasida ko‘p hollarda suv oqimi rejimini yaxshilash uchun suv o‘tkazuvchi quvur shakli va kesimi o‘lchamlari o‘zgartiriladi, bitta suv o‘tkazuvchi quvurni bir nechta paralel zatvorlar bilan yopish uchun buluvchi oraliq devorlar o‘rnatiladi, oqimlarni birlashtiradi va ajratadi. Kamera devorlarini oqimning dinamik, kavitatsiya, abraziv (suvdagi loyqa zarralari ta’siridagi yemirilish) ta’sirlaridan himoyalash uchun quyilma qismlar bilan birlashtirilgan po‘lat qoplama o‘rnatiladi.
Yuqoridagi keltirilgan tasnifga qo‘shimcha (5.1.2 ga qarang) chuqur joylashgan zatvorlar ham quyidagilarga bo‘linadi: 1) bosim bo‘yicha - past bosimli (H <25 m) o‘rta bosimli (H <25...50m) yuqori bosimli (H > 50m);
2) joylashgan o‘rni bo‘yicha- zatvorlar suv o‘tkazuvchi quvur kirish qismida, o‘rta va oxirgi uchastkasida joylashtiriladi; 3) konstruktiv belgilariga ko‘ra – yassi, segmentli, vertikal silindirik, ignasimon, konusli, diskli zadvijkalar sharsimon va boshqalar.



Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling