Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Suv bosimini inshootga bevosita tayanch xarakatlanuvchi qismlar orqali uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar


Download 151.35 Kb.
bet17/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Suv bosimini inshootga bevosita tayanch xarakatlanuvchi qismlar orqali uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar
Yassi zatvorlar (28 - rasm, a) konstruksiyasi jihatdan xuddi shunday yuza joylashgan zatvorlardan farq qilmaydi. Ular katta gidrostatik bosimni o‘ziga qabul qilishini hisobga olgan holda, ularning harakatlanuvchi konstruksiyalari ko‘p rigelli, bikr diafragmalarga ega va chetki tayanch ustunlari baquvvat qilinadi. Ularni ham asosiy ham avariya-ta’mirlash, avariya yoki ta’mirlash zatvorlari sifatida qo‘llaniladi. Zatvor tayanchlari sirpanuvchan, g‘ildirakli va g‘altakli bo‘lishi mumkin. Zichlagichlar yopiladigan tirqish perimetrining hamma tomonlaridan o‘rnatiladi. Yassi zatvorlar suv bosimi 180…200 m gacha bo‘lganda qo‘llaniladi. Tanch qismlarga tushadigan yuklama va mexanizmlarni yuk ko‘tarish qobiliyatiga ko‘ra tirqish o‘lchami chegaralangan. hozirgi vaqtda bu yuklama asosiy zatvorlar uchun 4500...5000 T. kuch gacha va avariya ta’mirlash zatvorlari uchun 10000...12000 T. kuch gacha bo‘ladi. Maksimal bosimlarda tirqish yuzasi mos ravishda 20...25 va 30...40 m2 ni tashkil etadi. Yassi zatvorlar asosiy zatvor sifatida keng qo‘llaniladi (barcha chuqur joylashgan zatvorlarning 86% gacha). Zatvor ostki qismi orqasida oqimning katta tezliklarida vakuum hosil bo‘ladi. Vakuum pazlarda ham hosil bo‘ladi, ularga maxsus shakl berib uni kamaytirish mumkin. Zatvor orqa qismiga havo yuborish yo‘li bilan vakuumni kamaytirish mumkin.
Yassi zatvorlar afzalliklari – oddiy, inshootga joylashtirish qulay; kamchiliklari – ko‘tarish kuchi katta va o‘rta va yuqori bosimlarda kavitatsiya yemirishlari xavfi borligi. Zatvorlarni ko‘tarib – tushirishni osonlashtirish uchun harakatlanadigan qism atrofida bosimni tenglashtirish uchun zatvor ichida yoki uni yaqinida (betonda) baypas qurilmasi o‘rnatiladi. Zatvorlar suv tashlash, suvdan bo‘shatish, suv chiqarish, suv olish inshootlari va GES va nasos stansiyalari suv qabul qilgichlaridagi tirqishlarni yopishda ishlatiladi. Ular kanallardagi diafragmali va quvurli rostlagichlarda o‘rnatiladi. Bu zatvorlar kema yuruvchi shlyuzlar suv o‘tkazuvchi galereyalarida qo‘llaniladigan keng tarqalgan turi hisoblanadi.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling