Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Download 151.35 Kb.
bet18/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Segmentli zatvorlar (28 - rasm, b-b). Ularning konstruktiv sxemalari yuza joylashgan segmentli zatvorlar bilan o‘xshashdir. Ularning oraliq tuzilmasi ko‘p rigelli, tayanch sharnirlari ketuvchi suv o‘tkazuvchi quvur yuqorisidan balandda joylashgan temir-betonli to‘singa o‘rnatiladi. Zichlash moslamalari quyilma qismlarga joylashtirildi, buning uchun yarim pazlar va tubli ostonalar o‘rnatiladi. Segmenli zatvorlar suv bosimi 180...200 m gacha, yopiladigan tirqish yuzasi 40...45 m2 bo‘lganda qo‘llaniladi. Suv tashlash, suvdan bo‘shatish, suv chiqarish va suv olish inshootlarida, hamda kanallardagi diafragmali rostlagichlarda asosiy zatvor sifatida qo‘llaniladi.

28 - rasm. Suv bosimini inshootga bevosita tayanch -harakatlanuvchi qismlar orqali uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar:
a-yassi; b-b- segmentli zatvorni o‘rnatish variantlari; d-teskari segmentli; d1-teskari segmentli zatvorni o‘rnatish; e) vertikal silindrlik; 1-qoplama; 2-chetki tayanch ustunlar; 3-diafragmalar; 4-rigellar; 5-zatvor oyoqlari; 6-tayanch sharnirlari; 7-bochkali zatvor; 8bochkali zatvor yo‘naltiruvchilari; 9-10-ko‘milgan silindr, mos ravishda, ochiq va yopiq.
Teskari segmentli zatvorlar (28 - rasm, d-d) konstruksiyasi bo‘yicha oddiy segmentli zatvorlar bilan o‘xshash. Ularning oyoqlari va tayanch sharnirlari yuqori byef tomoniga joylashgan, ular cho‘zilishga ishlaydi. Zichlash moslamalari faqat harakatlanuvchi qismga joylashtirilgan. Zatvorlarni boshqarish va uni ko‘tarish bosimli tomonda joylashgan va suvga to‘ldirilgan shaxta orqali amalga oshiriladi. Mexanizmlarni odatda ko‘milmagan joylarda o‘rnatiladi. Suv bosimi 50...60 m gacha va 60...70 m2 gacha tirqishlarni yopishda asosiy zatvor sifatida qo‘llaniladi.
Vertikal silindrik zatvorlar (28 - rasm, e) harakatlanuvchi silindrdan tashkil topib, chuqurlikdagi halqasimon tirqishlarni yopish uchun mo‘ljallangan. Vertikal silindrik quvur va minoraning tik qismlarida o‘rnatiladi. Minorada silindr harkatlanishi yo‘naltiruvchi konstruksiyalar yordamida amalga oshiriladi. Ular o‘z o‘qi buylab vertikal harakat qiladi. Ochiq silindr yengil, ularning harakatlanishida ishqalanish kuchi kam, shuning uchun ular oddiy mexanizmlar yoki qo‘l bilan boshqariladi. Ochiq silindrlar bikr qovurg‘alar bilan pulat halqadan yasaladi. Yaxlit silindrlar og‘irligining kattaligi, uning ustidagi suvning vertikal yuklamasi va shaxtadagi zatvor ostidagi vakuum mavjudligi tufayli katta ko‘taruvchi kuchni talab qiladi. Zatvorlar diametri 12 m gacha, balandligi 6 m gacha va bosim 100 m gacha bo‘lganda qo‘llaniladi. Ular minorali suv olish, suv chiqarish va suv tashlash inshootlarida asosiy (ba’zi bir xollarda avariya) zatvorlari sifatida qo‘llaniladi.
Suv bosimini zatvor joylashgan korpus orqali inshootga uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar


Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling