Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Buriluvchi silindrli zatvorlar


Download 151.35 Kb.
bet20/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Buriluvchi silindrli zatvorlar (29 - rasm, e) po‘lat korpus ichida joylashgan bir yoki ikkita doiraviy po‘lat silindr ko‘rinishda bajariladi. Zatvor harakatlanuvchi qismi silindrik qoplamaga ega va kesib olingan yuzadan tashqari, butun yuza buylab suvning bosim kuchi aylanish o‘qiga nisbatan momentlar hosil qilmaydi va harakat qilishga qarshilik to‘g‘dirmaydi. Zatvorlar tebranmaydi, istalgan qisman ochilishda ustivor, to‘liq ochilganda qo‘shimcha bosim yo‘qolishlari bo‘lmaydi. Kelajakda asosiy va ta’mirlash zatvorlari sifatida qo‘llash mumkin.

9 - rasm. Suv bosimini zatvor joylashgan korpus orqali inshootga uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar: а-yassi zadvijkalar; b-diskli; d-sharsimon; e) buriluvchi silindrlik; f-ignasimon; g-konusli; 1-zadvijkaning yopuvchi ponasimon disk; 2-zatvorlar va zadvijkalar uzatmalari; 3-zatvorni zichlash elementlari (bronzali yoki rezinali); 4-baypas; 5,6-mos ravishda diskning yopilgan a ochilgan holatlari; 7-diskning suyriligi va momentning paydo bo‘lishi; 8-sharsimon zatvor qisqa quvuri; 9-segmentli sirtli zichlagich; 10,11-mos ravishda bir valli va ikki valli zatvor vallari; 12vallarning yopilgan holati; 13-A bo‘shliqni ozuqalantiruvchi quvur; 14-ignasimon zatvor korpusi; 15ignasimon zatvorni ko‘taruvchi qirra; 16-qo‘zg‘almas kapsula; 17-ishchi ignali qo‘zg‘aluvchi plunjer; 18-B bo‘shliqdan suv chiqaruvchi quvur; 19-igna cheti orqali A bo‘shliqdagi suv chiqaruvchi mexanik klapan; 20-havo keltiruvchi kollektor; 21,22-mos ravishda atmosferaga va yopiq quvurga suv chiqaruvchi ignasimon zatvor qurilmasi; 23- shikastlanmaydigan quvur devorli kavitatsiya oblasti; 24-konusli zatvor qo‘zg‘almaydigan patrubkasi; 25-konus 27 ni ko‘taruvchi qirra; 26-harakatlanuvchi patrubka; 28-konusli zatvorga o‘rnatilgan nasadka; 29-oqimga havo keltiruvchi tirqish; 30-inshootga o‘rnatilgan so‘ndiruvchi kamera.
Ignasimon zatvorlar (29 - rasm, f) po‘lat qobiqdan tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga ichi bo‘sh qo‘zg‘almas silindr joylashtiriladi. Ichi bo‘sh silindrdagi bo‘shliq A naycha yordamida yuqori va pastki byeflar bilan birlashadi. qo‘zg‘almas silindr diametri po‘lat qobiq diametridan kichik bo‘lganligi sababli halqasimon bo‘shliq hosil bo‘ladi va undan suv oqimi harakat qiladi. Qo‘zg‘almas silindr ichiga porshen singari harakat qilayotgan qo‘zg‘aluvchi silindr joylashtirilgan. Ikkala silindr orasida halqasimon bo‘shliq B mavjud, u ham naycha yordamida yuqori va pastki byeflar bilan birlashtiriladi. Agar B bo‘shliq esa yuqori byef bilan birlashtirilsa qo‘zg‘aluvchi silindr chapga harakatlanadi, chiqish tirqishi ochilib suv oqimi harakatlanadi. Zatvor ekspluatatsiyasi ishonchli, tebranmasdan ishlaydi, odatda kavitatsiya eroziyasiga uchramaydi, suv sarfini aniq rostlaydi. Suv tashlash va suv chiqarish inshootlarida bosim 800 m gacha va diametri 6500 mm gacha bo‘lganda asosiy zatvor sifatida qo‘llaniladi. Tayyorlash va montaj qilish, hamda narxining yuqoriligi tufayli qo‘llanilishi chegaralangan.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling