Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Yumshoq ashyodan yasalgan zatvorlar
Download 151.35 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Yumshoq ashyodan yasalgan zatvorlarSintetik matoli zatvor suyuqlik yoki havo yoki bir vaqtning o‘zida suyuqlik va havo bilan to‘ldirilgan yumshoq qobiqni ifodalaydi va tug‘on ostonasiga ankerlanadi (bolt bilan mahkamlanadi). Mato (bir qatlamli yoki ikki qatlamli) bir yoki ikki tomondan rezina yoki plastmassali plyonka bilan qoplangan sintetik toladan tayyorlanadi. Qobiqni u yoki bu tarkibli plyonkalardan ham tayyorlash mumkin. Matoning mustahkamligi tolaning boshlang‘ich sifatiga bog‘liq bo‘lib 100…400 kN va undan yuqorini tashkil qiladi. Matoli zatvorlar bilan juda katta oraliqlarni yopish mumkin. AQSH dagi tug‘onlarning birida bosim 3,17 m bo‘lganda matoli zatvor bilan har birining kengligi 134 m bo‘lgan to‘rtta oraliq yopilgan. MDH da bosimi 1…3 m bo‘lgan past ostonali tug‘onlar tirqishlarini yopish uchun matoli zatvorlar keng qo‘llaniladi. Matoli konstruksiyalar oddiy, og‘irligi kam, transport bilan tashish qulay, o‘rnatish oson. Kamchiliklari-tez shikastlanadi, ishlash muddati chegaralangan (10 yilgacha), quyosh nurlariga ta’sirchan. Matoli zatvorlar qo‘lashning bir nechta konstruktiv sxemalari mavjud (27 - rasm). Qobiq bir qatlamli yoki ikki qatlamli, ostonaga bir (yopiq qobiq) yoki ikkita anker bilan mahkamlanadi, (27 - rasm, a, b). Zatvorni ko‘tarish uchun, qobiqni o‘zioqar yoki majburiy yo‘l bilan suv, muzlamaydigan suyuqlik yoki havo bilan to‘ldiriladi. 27 - rasm. Matoli zatvorlar konstruktiv sxemalari: 1-havo; 2-ichki qobiq; 3-ushlab turuvchi qobiq; 4-himoyalovchi qobiq; 5-metall tasma. Majburiy yuborish yon devorda o‘rnatilgan nasos yordamida amalga oshiriladi. Maxsus suyuqlik qo‘llanilganda esa yon devorda rezervuar bo‘lishi kerak, undan zatvor ko‘tarilishda suyuqlik qobiqqa uzatiladi, tushirilishida esa chiqarib yuboriladi. O‘zioqar yuborishda ham suvni saqlash uchun rezervuar talab qilinadi, zatvor ko‘tarilishda qobiqqa quyiladi. Bu holda qobiqni bo‘shatish uchun suv pastki byefga chiqarib yuboriladi. Suyuqlikni (suv yoki havo) keltirish va chiqarish ostonadagi yon devordagi quvurlar orqali amalga oshiriladi. Qobiqni to‘ldirish va bo‘shatish uchun oraliq devorga nasoslar, kompressorlar va quvurlar uchun moslamalar joylashtiriladi. Qobiqni havo bilan to‘ldirishda u ikki qatlamli tayyorlanadi: ichki qobiqqa havo yuboriladi, tashqisi esa ushlab turuvchi hisoblanadi (27 - rasm, d). Zatvorni havo yoki suyuqlik bilan to‘ldirishda himoya vazifasini bajaruvchi yana qobiq bo‘lishi mumkin. Shunday zatvorlar ham mavjudki ularning qobiqlari ankerlanmaydi, ostonaga sharnirli maxkamlangan harakatlanuvchi metall tasma bilan birlashtiriladi (27-rasm, e). Qobiq chetlari yon tomonidan tasma bo‘lishi kerak. Qobiq oraliq va yon devorga erkin tutashishi yoki ularning chetalari mahkamlanishi mumkin. Erkin tutashishda to‘ldirilgan qobiq chetlari siqiladi va qobiq bilan beton orasidagi tirqish zichlanishi ta’minlanadi. Chetlari mustahkamlangan to‘ldirilgan qobiq chetlarida buramalar hosil bo‘ladi. Chetlari mustahkamlangan zatvorlar trapetsiya shaklidagi (kanaldagi ostona) tirqishlarda o‘rnatish mumkin, bunday tutashtirish joyida buramalar hosil bo‘lmaydi. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling