Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Download 151.35 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yon tomondagi zichlagichlar
- Umumiy ma’lumotlar.
Tubdagi zichlagichlar suyrisimon shaklida yog‘och brusdan yasaladi (16 rasm, d). Flyutbet ostonasiga shveller ko‘rinishidagi quyilma qism joylashtiriladi.
16 - rasm. Tubdagi zichlaichlar turlari: 1-pulat plastinka; 2-quyma po‘lat; 3-babbit; 4-yog‘och brus; 5-profil rezina; 6-tasmali qattiq rezina; 7-yog‘och brus rezinali zichlagichi. Oxirgi paytlarda yemirilishga chidamli va sovuqqa chidamli tasmali rezinali (16 - rasm, e) yoki zatvor pastki qirrasiga boltlar bilan mahkamlangan maxsus profilli (qattiq tasmali rezina) zichlagichlar qo‘llaniladi (16 - rasm, e). Yon tomondagi zichlagichlar suvning gidrostatik bosimi ta’sirida ishlaydi va qoplama oldidan zatvorning quyilma qismlar bilan siqilgan zonalarida joylashtiriladi. Ko‘p hollarda zatvor oxirgi qirrasiga mahkamlangan va yog‘och brus oxirida erkin bo‘lgan va suv bosimi bilan yon va oraliq devorlarga siqiladigan qalinligi 2...4 mm li va kengligi 15...30 sm li egiluvchan listli metall zichlagichlar qo‘llaniladi (17 - rasm, a). 17 - rasm. Yon tomondagi zichlagichlar turlari: 1-yog‘och brus; 2-egiluvchan metall list; 3-tasmali rezina; 4-mis zaklepkalar; 5-g‘ildirak; 6o‘q; 7-rels; 8-rezinali prokdladka; 9- zanglamaydigan po‘lat tasma. Zatvor ko‘tarilishida yog‘och brus betonga ankerlangan po‘lat tasma bo‘yicha sirpanadi. Yog‘och brus o‘rniga ko‘p hollarda egiluvchan metall listga tasmali rezina mahkamlanadi (17 - rasm, b). Yon tomondagi zichlagichlarda profil rezina ham qo‘llaniladi (17 - rasm, d). 18 - rasm. Chuqur va ikki qatorli joylashgan zatvor zichlagichlari turlari: 1- zatvor qoplamasi; 2-profilli rezina; 3-yog‘och bruslar. Zatvor tirqish oldida (18 - rasm, a) va tirqishdan keyin (18 - rasm, b) chuqur joylashganda, uning yuqori qirrasi bo‘yicha profil rezina o‘rnatiladi. Ikki qatorli zatvorlar oraligi o‘rtasidagi zichlagich joylashuvchi 18 - rasm, d da ko‘rsatilgan. Segmentli zatvorlarUmumiy ma’lumotlar. harakatlanuvchi qismining ko‘ndalang kesimi bo‘yicha segment ko‘rinishida bo‘lgan va ikkita oyoqlarga mahkamlangan, oyoqlar oxiridan o‘tuvchi gorizontal o‘q bo‘yicha aylanuvchi zatvorga segmentli zatvor deyiladi. Bu turdagi zatvorlar asosiy zatvor sifatida qo‘llaniladi, ular oraliq kengligi 40 m gacha va uning oldidagi suv chuqurligi 15 m gacha bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Segmentli zatvorlar o‘zining boshqa turdagi zatvorlardan afzalligi sababli, gidromeliorativ tizimlardagi inshootlarda keng qo‘llaniladi va ularga quyidagilar kiradi: 1) zatvor ostidan suv oqimini o‘tkazishda yaxshi gidravlik sharoit tug‘iladi; 2) qoplama tuzilishi vakuumni yo‘qotadi; 3) ko‘tarish kuchi kam bo‘lganligi sababli, yuk ko‘tarish mexanizmlari og‘irligi kamayadi; 4) oqimda cho‘kindilar miqdori ko‘p bo‘lganda ham zatvorning ishlashi ta’minlanadi; 5) zatvorning tez ko‘tarilish tezligiga erishiladi. Shu bilan birga segmentli zatvorlar yassi zatvorlarga ko‘ra quyidagi kachiliklarga ega; 1) zatvorni ko‘tarish va bir oraliqdan ikkinchisiga o‘tkazish imkoni yo‘qligi; 2) oraliq va yon devorlar uzunligining katta bo‘lishi; 3) sharnirda vertikal va gorizontal kuchlarning mavjudligi; 4) ishlab chiqarishning (yasash) murakkabligi. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling