Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Zatvor turlari va sxemasi
Download 151.35 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zatvor konstruksiyasi.
Zatvor turlari va sxemasi. Segmentli zatvorlarning quyidagi turlari mavjud: yakka holdagi (19 - rasm, a); yakka holdagi klapanli (19 - rasm, b); ikki qatorli (19 - rasm, d); qoplamasi silindrlik yoki yassi (19 - rasm, e). Ular ma’lum balandlikka ko‘tariluvchi va tushuvchi zatvorlarga bo‘linadi (kema o‘tkazuvchi shlyuzlar kamerasini yopish uchun).
19 - rasm. Segmentli zatvor sxemalari. a-e-tayanch sharniri pastda joylashgan; f-sharnir yuqorida joylashgan. Zatvor tayanch qismlarini muz ta’siridagi buzilishlar, loyqalar bilan ifloslanishi va muzlashni oldini olish uchun segmentli zatvor aylanish o‘qlari jadallashgan suv sathidan balandda joylashtiriladi. Zatvor qolamasi radiusi R = (1,2...1,5) H qabul qilinadi, bunda H – zatvor balandligi. Sharnir o‘qi yuqoriga ko‘tarilsa radius (2...2,5) H gacha oshadi. Pazlarning bo‘lmasligi oraliq devorlar qalinligini yupqalashtirishga imkon yaratadi. Zatvor konstruksiyasi. Segmentli zatvorlar po‘latdan, yengil qotishmadan tayyorlanadi. Oraliq tuzilmalar ikkita rigeldan, stringerlar gorizontal tusinlar 2 dan yasalgan to‘sinli katakdan, egri chiziqli ustun 3 dan va qoplama 4 dan tashkil topgan (20 - rasm). Ko‘ndalang diafragmalar 5 yaxlit yoki ferma ko‘rinishida yasaladi. Rigel orasidagi bo‘ylama bog‘lovchilar 6 yuk ko‘taruvchi fermani hosil qiladi, uning tarkibiga rigelning pastki tasmalari kiradi. Oraliq qurilmasi (rigel) ikkita oyoq 7 ga mahkamlanib, harakatlanmaydigan tayanchsharnirlari 8 ga tayanadi. Og‘ir muzlik sharoitlarida ishlaydigan zatvorlar uchun, ba’zida yuqori bikrlikka ega bo‘lgan, ko‘ndalang diafragmalari linza ko‘rinishidagi konstruksiyasi qo‘llaniladi (20 - rasm, e). 20 - rasm. Segmentli zatvor oraliq tuzilmasi: a-ikki tomoni ochiq stringerlar va tusinli katak bo‘ylama tizimi bilan; b-rigelga perpendikulyar bo‘lgan qoplama, panelining uzun tomoni bilan tusinli katak ko‘ndalang tizimi; d-qirqilmagan ko‘ndalang to‘sinlar bilan; e) oraliq tuzilmasi linza shaklidagi. Portallar - rigel va oyoqlardan tashkil topgan ramadan iborat (21 rasm). Ular fazoviy yoki oyoqlar rigelga yassi, bikr yoki sharnirlar yordamida birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Katta oraliqlar uchun fazoviy ramalarni qo‘llash afzaldir. Rigellar oyoqlarga bikr birlashtirilgan bo‘lsa, rigel egilishi oyoqlar egilishga olib keladi. Tayanch sharnirlarida vertikal yo‘nalishdagi kuchning gorizontal yo‘nalishda tarqaladigan bosimi paydo bo‘ladi. Rigellar va oyoqlarni bikr birlashtirilishi zatvorni yasashga ketadigan metall sarfini kamaytiradi, lekin oraliq devorni qo‘shimcha armaturalash kerak. Normal va qiya oyoqli konsolli portallarni qo‘llash o‘z o‘rnini topmoqda (21 - rasm, e, f). qiya oyoqli konsolli portallar maksimal eguvchi momentni kamaytirib, rigel materialini tejashga olib keladi. Lekin tayanch sharnirlarida vertikal yo‘nalishdagi kuchning gorizontal yo‘nalishda tarqaladigan bosimi oshadi. Fazoviy portallar qiya oyoqlari ustidan suv quyilib tushadigan zatvorlarda qo‘llanilmaydi. Bunday hollarda normal oyoqlarni tekis rama 1 ko‘rinishda tayyorlanadi. Uning tirqishga qaratilgan tomoni konstruksiyasida suvda oqib keluvchi shox-shabbalar, suzgichlar tutilib qolishidan himoyalash uchun tekis qoplama 2 bilan qoplanadi, konstruksiyani shox-shabbalar, oquvchi jismlarning tiqilib qolishdan saqlaydi (22 - rasm). 21 - rasm. Segmentli zatvor portallari. 22 - rasm. Ustidan suv quyiladigan yassi oyoqli zatvor. Rigellar va fazoviy oyoqlar bilan bikr birlashtirilgan portallar fazoviy ramani hosil qiladi va hisoblashda rigellar soniga mos keluvchi yassi ramalarga bo‘linadi. Tayanch sharnirlari. Zatvorga ta’sir etuvchi barcha kuchlarni va zatvor og‘irligini o‘ziga qabul qiladi. Tayanch sharnirlari oyoqlar uchiga ulangan harakatlanuvchi va betonga mahkamlangan harakatlanmaydigan qismlardan tashkil topgan. Tayanch sharnirlari silindrik, konusli va sharsimon bo‘lishi mumkin (23 - rasm). 23 - rasm. Segmentli zatvorlar tayanch sharnirlari (a-e) va ularni oraliq devorlarga mahkamlash (f-h): 1-harakatlanuvchi qism; 2-harakatlanmaydigan qism. Silindrik sharnirlar bronzali va vtulkadan va zanglamaydigan o‘qdan tashkil topgan (23 - rasm, a). Bunday silindrik sharnirlar ko‘proq gidromeliorativ inshootlarning zatvorlarida qo‘llaniladi. O‘rta va katta oraliqlarda va bosimlarda qiya oyoqli zatvorlarda konusli sharnirlar qo‘llaniladi (23 - rasm, d). Silindirik va konusli sharnirlarning kamchiligi, tayanch oyoqlarining bir oz qisilib qolish ehtimoli borligigadir. Sharsimon sharnirlarda oyoqlarning bir oz yo‘l quyilishi sababli, zatvor qiyshayishi oldi olinadi, shu sababli ular rigellarni zatvor tayanch oyoqlari bilan bikr birlashtirishda qo‘llaniladi (23 - rasm, e). Tayanch sharnirning harakatlanmaydigan qismi inshoot betoniga mahkamlangan quyilma qismlarga tayanadi. Katta yuklamalarda oraliq va yon devor tayanchlarida tokchalar o‘rnatiladi va betonga mahkamlangan metall to‘sinlar bilan kuchaytiriladi (23 - rasm, f). Pazlar o‘rnatilmasdan zatvorlar konsollarga tayanadi va buning natijasida oraliq devor qalinligi kamayadi va gidravlik sharoiti yaxshilanadi (23 - rasm, g, h). Betonning tayanch zo‘riqishlarini qabul qilishi uchun yoki sharnirdan keyin oraliq devor uzaytiriladi yoki oraliq devorga yuklamalar oldindan kuchaytirilgan ankerlar yordamida uzatiladi. Zichlagichlar. Segmentli zatvorlarning yon va tub tomonlari yassi zatvorlar kabi metall list, maxsus profilli rezina va shu kabilar bilan zichlanadi (24 - rasm). Segmentli zatvorlar yon tomondagi zichlagichlari aylana yoyi bo‘yicha, tub dagi zichlagichlar esa zatvor pastki qismida qoplama og‘ishini hisobga olgan holda joylashtiriladi. 24 - rasm. Segmentli zatvorlar zichlagichlari sxemalari: a-tubdagi; b, d-yon tomondagi; 1-zichlaydigan rezina elementi; 2-qoplama; 3-egiluvchan metall list. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling