Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Bosimni ostonaga va oraliq devorlarga (yon devorlarga) uzatuvchi zatvorlar


Download 151.35 Kb.
bet4/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Bosimni ostonaga va oraliq devorlarga (yon devorlarga) uzatuvchi zatvorlar:
ustunli, yassi zatvorlar birlashtirilgan ustunlar ko‘rinishida bo‘lib, ustunlar oralig‘ini yopuvchi shitdan keladigan yuklamani qabul qilib, ustunlar ostonasiga va ko‘prikning pastki qirrasiga tayanadi (1 - rasm, o);
klapanli, aylanuvchi (1 - rasm, n);
suzib yuruvchi (bataportalar), tirqishlarga suzish davomida yaqinlashib keluvchi va tushirish uchun suv bilan to‘ldiriluvchi zatvorlar (1 - rasm, r).
Chuqur joylashgan zatvorlar tasnifi. Chuqur joylashgan zatvorlar xarakterli belgilari, yuza joylashgan zatvorlar kabi suv bosimini inshootga uzatish bilan belgilanadi.
Suv bosimini inshootga bevosita tayanch harakatlanuvchi qismlar orqali uzatuvchi zatvorlar. 1) yassi (2 - rasm, a); 2) segmentli (2 - rasm, b).
Bosimni zatvor joylashgan korpus orqali uzatuvchi zatvorlar:
zadvijkalar, ilgarilanma harakat qiladi (2-rasm, d);
diskli (droselli), vertikal yoki gorizontal o‘qda aylanma harakat qiladi (2-rasm, e);
ignasimon, qo‘zg‘almas silindr 1 dan chiqadigan porshen qo‘zg‘aluvchi silindr 2 ilgarilanma harakat qilib, tirqish 3 ning ignasimon qismini yopadi (2-rasm, f);

2- rasm. Chuqur joylashgan asosiy zatvor turlari.

  1. konusli (teleskopik), bu zatvorlarda silindr 1 ning ilgarilanma harakati qo‘zg‘almaydigan silindr 2 bilan suv o‘tkazuvchi quvur oxiridagi konus 3 oralig‘idagi tirqishni yopadi (5.2-rasm, ye); buriluvchi silindrli (2-rasm, h) va sharsimon (2-rasm, i).

  2. Tenglashtiruvchi, bosimni inshootga uzatmaydigan: silindrli va halqasimon (yon tomonsiz), tenglashtirilgan suv bosimi bilan, ilgarilanma harakat (5.2-rasm, j, k);

Zatvorlarning umumiy ishlash sharoitlari
Zatvorlarning asosiy turi va konstruksiyasini tanlash ularning ishlash sharoitlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Zatvorlarni ko‘tarish va tushirish Zatvorlarni ko‘tarib-tushirishda vodoslivli tirqishdan suv o‘tkazishning bir nechta usuli bo‘lish mumkin: zatvor ostidan, zatvor ustidan yoki bir vaqtning o‘zida zatvor ostidan va ustidan. Zatvor tushirilganda oraliqdan suv o‘tkazish to‘xtaydi, agar zatvor suv sathidan yuqoriga ko‘tarilganda, suv vodosliv orqali harakat qiladi. Zatvorlar orqali suv oqimini o‘tkazish yuqorida qayd etilgan usullar bilan amalga oshiriladi (3-rasm).

3 - rasm. Zatvorlarni ko‘tarish va tushirish sxemalari:
a-zatvor qisman ko‘tarilgan, oqim zatvor ostidan harakat qiladi; b-zatvor qisman tushirilgan, oqim zatvor ustidan harakat qiladi; d-oqim zatvor ostidan va ustidan o‘tadi; e-zatvor to‘liq ko‘tarilgan, oqim erkin o‘tadi; f-zatvor tushirilgan.
Zatvorlar ko‘tarilishi va tushirilishi maksimal suv sarflarini o‘tkazish bilan bog‘liq va inshoot shu suv sarflariga hisob qilinadi. Minimal yoki ular oralig‘idagi suv sarflarini o‘tkazishda suzgichlarni o‘tkazish va yuqori byefda berilgan suv sathini rostlashda hisobga olinadi. qo‘yilgan masalaga ko‘ra zatvorlar ko‘tarib-tushirilishning u yoki bu sxemasi qabul qilinadi.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling