Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Muzlarni, suzgichlarni va cho‘kindilarni o‘tkazish


Download 151.35 Kb.
bet5/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Muzlarni, suzgichlarni va cho‘kindilarni o‘tkazish. Daryo suvlari yuzasida har-xil suzib yuruvchi jismlar harakat qiladi. Muz oqishi gidrotexnika inshootlari uchun og‘ir davr hisoblanadi, chunki bu vaqtda ularga ta’sir etadigan yuklama oshadi.
Agar suv sarfi yuqori byefdagi berilgan sathni ta’minlab bersa, muz va suzgichlar zatvor to‘liq ko‘tarilganda inshoot oralig‘idan o‘tkazish maqul. Muz parchalarini zatvor qisman (0,15...0,25) H tushirilganda oraliqlardan o‘tkazish mumkin. Ammo suv sathiga sho‘ng‘igan muzlar zatvorlarga urilib shikast yetkazishi mumkin. Muz parchalari va boshqa suzgichlar kichik suv sarflarda tushiruvchi yoki ko‘taruvchi va ikki qatorli zatvorlar, shuningdek ikki qatorli urkachli zatvorlar orqali erkin o‘tkazib yuboriladi. Tubdagi cho‘kindilarni zatvor to‘liq ko‘tarilganda oraliqlardan yuvish tavsiya etiladi, zatvor qisman ko‘tarilganda yuvish uncha samarali bo‘lmaydi.
Zatvorga ta’sir qiluvchi kuchlar. Zatvorga ta’sir etuvchi yuklama zatvor ochilishi va gidravlik rejimiga bog‘liq. Zatvor oraliqni to‘liq yopganda unga gidrostatik bosim ta’sir etadi va u asosiy bosim hisoblanadi. Zatvor elementlari mustahkamlik hisobi maksimal yuklama uchun olib boriladi, u zatvor barcha ekspluatatsiya holatlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan oralig‘ida va gidravlik rejimlarida sodir bo‘ladi.
Asosiy yuklamalar birikmasi maksimal suv sathda va (shamol hisobga olinganda), maksimal bosimda va normal ekspluatatsiya sharoitida aniqlanadi. Maxsus yuklamalar birikmasi to‘lqin ta’siri hisobga olinganda jadallashgan suv sathda va katostrafik holatlar hosil bo‘lishi mumkin sharoitlarda (ekspluatatsiya sharoitlari buzilganda) aniqlanadi. Zatvorga ta’sir etuvchi shamol bosimi hisoblar asosida aniqlanadi. Laboratoriya va hisob ma’lumotlari bo‘yicha ba’zi bir hollarda shamol bosimi gidrostatik bosimning 50% dan kamroq qismini tashkil etadi. Balandligi katta bo‘lmagan to‘lqinlar va oralig‘i kichik bo‘lgan tirqishlarda to‘lqin bosimi hisobga olinmaydi. Cho‘kindilar bosimi ularning zatvor oldida to‘planishi bilan zatvorning o‘zaro ta’siriga ko‘ra aktiv yoki passiv bosim sifatida aniqlanadi. Kichik balndlikdagi to‘lqin bosimining zatvorga ta’siri hisob qilinmaydi. Shamol ta’siri zatvor to‘liq ko‘tarilganda hisobga olinadi. Atmosfera bosimining konstruksiyaga ta’siri vakuum bo‘lganda namoyon bo‘ladi, uning qiymati tadqiqot yoki hisobiy ma’lumotlar bo‘yicha qabul qilinadi. Zatvor og‘irligi boshlang‘ich ishlab chiqish bosqichida empirik formulalar va grafiklardan aniqlanadi.
Gidrodinamik bosim zatvor qoplamasiga gidrostatik bosimga ko‘ra kam yuklama bilan ta’sir qiladi, (4 - rasm). Zatvor pastki qirrasiga ta’sir etuvchi gidrodinamik va gidrostatik bosimlar qiymat va yo‘nalishi uning shakli, o‘lchamlari va qiyaligiga bog‘liq.

4 - rasm. Yassi zatvor qoplamasiga ta’sir etuvchi gidrodinamik bosim (punktir chiziq bilan gidrostatik bosim ko‘rsatilgan.)
Zatvor qisman ko‘tarilganda, unga gidrodinamik bosim ta’sir qiladi, u ko‘tarish kuchi o‘zgarish ehtimolini baholash va gidrodinamik yuklamadan hosil bo‘ladigan pulsatsiya va zo‘riqishlarni aniqlaydi. Pulsatsiya va zo‘riqishlar zatvorni tebranish holatiga olib keladi. Tebranish zatvor materiali charchashini keltirib chiqaradi, quyilma qismlarga uzatiladi, ularni beton bilan bog‘lanishini buzadi, oraliq devorlar va inshoot boshqa elementlariga ta’sir qiladi. Ba’zi bir zatvor konstruksiyalari uchun tebranish xavfli bo‘lgan rezonansni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, va u konstruksiyaning deformatsiyalanishga olib keladi.
Zatvor pastki qirrasi silliq bo‘lgan, yuqori byef tomonga qiya joylashgan, zatvor ostidan suv oqib chiqish eng qulay rejim hisoblanadi (5rasm, b). Zatvor pastki qirrasidan siqilish tufayli siqilishning yopiq oblastida vakuum, pulsatsiya xarakteriga ega bo‘lgan pastga yo‘naltirilgan kuch hosil bo‘ladi (5 - rasm, a). Uchli zichlagich yuzasi deyarli bo‘lmaganligi sababli, vertikal yo‘nalishdagi mumkin bo‘lgan bosim ta’sir etmaydi (5rasm, d). Zatvor tushirilganda yog‘ochli zichlagichga yuqoriga yo‘nalgan filtratsiya bosimi ta’sir etadi (5-rasm, e), zatvor ostidan suv oqib chiqishda esa yog‘ochdan ajralgan oqim yopiq ajralgan oblast hosil qilib, pastga yo‘nalgan kuch paydo bo‘ladi (5-rasm, e).

5 - rasm. Zatvor pastki qirrasiga oqimning ta’siri: 1-tirqish yopilganda bosim epyurasi (hisobiy).
Zatvor pastki qirrasiga ta’sir qiluvchi vertikal kuch zatvor ochilish balandligiga ko‘ra pastga yoki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Zatvorni ostonaga tushirish paytida va tirqish to‘liq yopilganda kuch yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi (5-rasm, a,b,e). Tirqish yopilganda qarshi bosim kuchi qiymati bosim epyurasi yuzasi hisobi bo‘yicha, qisman ochilganda hisob yoki tadqiqot asosida aniqlanadi. (5-rasm, a, e) sxemalari uchun pastki qirradan oqim ajralgan oblastda vakuum 0,6 m suv ustinigacha yetadi va pastga yo‘nalgan so‘ruvchi kuch Wv hosil bo‘ladi.
Chuqur joylashgan zatvorlar ko‘milishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, zatvordan keyin hosil bo‘ladigan bo‘shliqqa havo yuboriladi (6 - rasm).

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling