Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Neyrotransmitterlar va gormonlar
21-rasm. ATFazaning fermentativ ta‘sir mexanizmi
Demak, sistemaning ishi Na +/ Mg 2+ sokatalizlaydigan fosforlash va K + katalizlaydigan defosforlash bosqichlaridan iborat. Har bir bosqich fosforlash /defosforlash/ Mg 2+ -stabillagan intermediat ―psevdorotatsiyasini‖ oʻz ichiga oladi, bu esa ishqoriy metall kationlarining transportiga olib keladi. Fermentlarning metall kationlarini oʻtkazish qobiliyati oqsillarning fermentativ reaksion qobiliyatining toʻgʻri natijasidir. Na + -ga katta yaqinligi (srodstvo) bor va K + -ga ikkita yaqinligi, hammasi boʻlib uchta bogʻlovchi markaz bor deb taxmin qilinadi. Membrana bogʻlangan α-peptid tripsin (membranadan tashqaridagi oqsilni katalizlaydi) bilan ishlanganda va membrananing ichidan oʻtgan segmentlar ajralib chiqqanda 30-40 qoldiqli aminokislotaning toʻrtta segmenti va 70 qoldiqli bitta segmentlarni koʻrish mumkin. Membrana ichidan oʻtish uchun kamida 26 qoldiq kerak, shunda yigʻindisida atigi uchta qoʻsh spiral borligi tahmin qilinadi. Bu qoʻsh spiraldan tashkil topgan uchta silindr hosil boʻlishiga olib keladi, ular ion kanali rolini oʻynab, Na + -ni tashiydi. Shunda K + - bu kanallar orasida transport qilinadi (22-rasm). Ushbu model kuzatiladigan stexiometriya bilan mos keladi 3:2 (Na + :K + ), tuzilishi esa elektron mikroskop ma‘lumotlari bilan tasdiqlanadi. 22-rasm. Na + /K + -ATFazadagi membrana ichidan oʻtadigan uchta spiral Na + -ni tashiganda, K + - ular orasida tashiladi, bu bilan 3:2 kuzatilgan stexiometriya tushuntiriladi. 64 3.4. Neyrotransmitterlar va gormonlar Organizmda neyrotransmitterlar konsentratsiyasining oʻzgarishi, masalan, dopamin yoki atsetilxolin, odam aqliy qobiliyatiga kuchli ta‘sir koʻrsatishi mumkin. Ularning disbalansi qator aqliy kasalliklarini chaqirish mumkin, masalan, shizofreniya yoki Parkinson kasalligi. Bu fikrlash jarayonlari kimyoviy tabiatga ega ekanligini koʻrsatadi. Atsetilxolin –neyrotransmitterning asosiy molekulasi. Asab impulslari asab tolalarning bir-biriga atsetilxolinni bir hujayradan ikkinchisiga oʻtishi sinaps orqali uzatiladi (asab hujayralar orasidagi qalinlik 30-40 nm ). Atsetilxolinni roli natriy kanalini nikotin- atsetilxolin retseptor oqsili bilan bogʻlanish natijasida ochishdan va kanal hosil boʻlishidan iborat (nicotinic acetylcholine receptor protein, nAChR). Bu katta transmembrana oqsili markaziy kanalni qamrab olgan aminokislota ketma-ketligi yaqin boʻlgan beshta subbirliklardan iborat. Ularning ikkitasi α, qolganlari esa β, δ, γ dan iborat (23-rasm). Atsetilxolin ikkita α-subbirliklar bilan bogʻlanib, kanalning tashqi qismida sinapsda joylashgan Na + -ionlariga yoʻl ochadigan konformatsion oʻzgarishlariga olib keladi. Keyin, ustun boʻlgan konsentratsion gradientiga mos kelib, bu ionlar hujayraga tezda diffuziyalanadi va tok paydo boʻladi. Atsetilxolin agonisti uning retseptori bilan bogʻlanishi yuqori tanlovchanlikka ega va toʻrtlamchi ammoniy guruhlari va triptofan qoldiqlari orasi kation-π-ta‘sirlashuvlarini oʻz ichiga oladi. Qizigʻi shundaki, atsetilxolin faolligiga toʻrtlamchi ammoniy guruhlariga ega nikotin kuchli ta‘sir qiladi, va chekadigan odamlarda nikotin odat tusiga kirganining asosiy sababi shundan boʻlsa kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling