Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi
Buyuk geografik kashfiyotlar
Download 245.5 Kb.
|
Г Л О С С А Р И Й
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoekologiya
- Genotip
Buyuk geografik kashfiyotlar —15—17-asr o’rtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-asr o’rtalari—16-asr o’rtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.
Byudjet – (ingl. «budget» – hamyon, mablag’), belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisi. Valyuta – (ital. «valuta», lot. «valere» – qadrlanmoq, qiymat) 1) mamlakatning pul birligi va uning turi(oltin, kumush, qog’oz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qo’llanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan kredit va to’lov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va boshq.). Geoekologiya – ekologiyani yuqori bosqichdagi ekosistemalarni, shu jumladan biosferani o’rganuvchi fan. Geografik muhit – tabiatning insoniyat jamiyati mavjud bo’lgan, odamning butun hayoti va ishlab chiqarish faoliyati ro’y beradigan qismi. Geosiyosat, geografik siyosat – siyosatshunoslikdagi nazariya. Geosiyosat termini muayyan bir mamlakat o’rni, tabiiy boyliklari iqlimi va boshqa geografik omillarning davlat tashqi siyosatiga (geografik siyosiy strategiyasi va h.k.) muayyan ta’sirni ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosat tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga kiritgan. Genotip – organizmning barcha genlari yig’indisi Genofond – ma’lum guruhdagi individlarning (populyatsiyalar, populyatsiyalar guruhi yoki turning) barcha genlari yig’indisi Geografik muhit-erning geografik qobig’i muhiti: litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosferadan iborat. Geoiqtisod - ya’ni geografik iqtisod regional yoki hudud, aniqrog’i mintaqa iqtisodiyoti mazmunida ham e’tirof qilish mumkin. U holda bu ma’lum bir region yoki mintaqadagi xo’jalik majmuasining iqtisodiyoti shaklida qabul qilinadi.Umuman olganda esa geoiqtisod xuddi siyosiy iqtisod yoki tarmoq iqtisodiyoti-"iqtisodiy iqtisod" tushunchalariga o’xshash iboradir. Geterotrof - tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo’r o’simlik turlari, zamburug’lar hamda ko’pchilik mikroorganizmlar kiradi. Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling