Jahon xo’jaligi geografiyasi - iqtisodiy va ijtimoiy gegrafiya sohasi, xalqaro geografik mehnat taqsimotining shakllanishi, mamlakatlarning ixtisoslashuvi, xar xil ijtimoiy- siyosiy vaziyat hukmron bo’lgan sharoitda dunyodagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xo’jaligini harakatlantiruvchi kuchi va negizidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish – jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun kerak bo’ladigan ne’matlarni yaratishga yunaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu faoliyat natijasida yalpi milliy maxsulot, shu jumladan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad ishlab chiqariladi.
Ijtimoiy tuzum – jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi. Ijtimoiy tuzum jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal qilishini aks ettiradi.
IQTIDOR – deb insonning o’z xatti-harakatlariga nisbatan sub’ektiv munosabatiga aytiladi. U shaxsning o’z xulqi ekanligiga komil ishonchi qat’iyligi natijasida namoyon bo’ladi.
Iqtisod geografiyasi - korxona yoki tarmoqlarning hududiy tarqalishidagi iqtisod bo’lsa, iqtisodiy geografiya unga ko’ra ancha murakkabrok tushuncha hisoblanadi.
Iqtisodiyotning real sektori – sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish.
Iqtisodiy va sotsial gegografiya - mustaqil fan sifatida turli mamlakat va rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari hamda inson xayot faoliyati va yashash tarzining hududiy jihatlarini o’rganadi.
Iqtisodiy geografik O’rin- iqtisodiy geografik holat iqtisodiy geografik ob’ekt (shahar, rayon, mamlakat) ning shu ob’ektdan tashqarida bO’lgan, lekin uning taraqqiyotiga ta’sir etadigan tabiiy va tarixiy-iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan tutgan O’rni. Masalan, mamlakatning dengizga nisbatan O’rni, dunyo savdo yO’llariga nisbatan O’rni, qO’shni mamalakatlarga nisbatan O’rni, muayn xalqaro siyosiy ahvol sharoitida mamlakatning siyosiy kuchlarga va ittifoqchilarga nisbatan munosabati va h.k. iqtisodiy geografik O’rin – mamlakat taraqqiyotining turli bosqichlarida turlicha bO’lishi va uning rivojlanishiga turlicha ta’sir etishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |