Gigiena (yunoncha-sog’lom) - kishilar sog’lig’iga turmush va mehnat sharoitlari ta’sirini o’rganadi hamda kasalliklarni oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sog’liqni saqlash va uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Global moliyaviy inqiroz – butun jahonni qamrab olgan moliyaviy inqiroz, jahon moliya tizimining izdan chiqishi.
Gomoyoterm – tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lmagan holda tana harorati doimiy bo’lgan (issiq qonli) hayvonlar
Demografik statistika, aholi statistikasi – statistika fani tarmog’i, aholi yoki uning alohida guruhlarining soni, tarkibi, joylashishi va takror barpo bo’lishi haqida statistik uslub asosida ma’lumotlar to’plash, uni qayta ishlash, tahlil qilishni o’rganadi.
Demokratsiya chizig’i - 1) harbiy ishda urushuvchi tomonlarni vaqtincha yarash vaqtida ajratib turuvchi chiziq (o’t ochish to’xtatilgan chiziq); 2) mag’lub davlat hududini zonalarga bo’luvchi chiziq; 3) qo’shni davlatlar o’rtasida da’volashilayotgan hududda doimiy chegara aniqlangunga qalar vaqtincha belgilanadagan chiziq.
Demonopolizatsiya – monopoliyadan chiqarish (de... va yun. «mono» – tanho, lot. «poleo» – sotaman) iqtisodiyotdagi monopoliyadan erkin, teng huquqli raqobatga asoslangan sohibkorlik faoliyatiga qayti (qayta o’tish).
Demping – (ingl. «dumping» – tashlash, tashlama) tovarlarning tashqi va ichki bozorda sun’iy arzonlashtirilgan, o’rtacha chakana narxlardan sotish, tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri.
Depozit – pul mablag’larining banklarga yoki boshqa kredit muassasalariga vaqtinchalik joylashtirilishi.
Deportatsiya – (lot. «deportatio» – badarg’a, surgun qilish) – jinoiy yoki ma’muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburiy chiqarib yuborish, haydash.
Depressiya – (lotincha «depressio» – bosilish, susayish) iqtisodiyotda tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turg’unlik davri.
Davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uni tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo’lgan hukmron tuzilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |