Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq) – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.
Dunyoviy shaharlar (The worldwide cities)- muayyan soha yoki tarmoq va yo’nalishga ixtisoslashgan, aholi sonidan qat’iy nazar jahon ahamiyatiga molik bo’lgan shaharlar.
Dunyoning siyosiy kartasi- jahon davlatlarining vujudga kelishi, rivojlanishi, siyosiy-hududiy qurilishi bilan bog’liq murakkab siyosiy, ijtimoiy, hududiy, iqtisodiy jarayonlarning uyg’unligini o’zida mujassam etuvchi insoniyatning uzoq tarixiy taraqqiyoti ko’zgusidir.
Yoqilg’i-omili -issiqlik elektr stantsiyalari qora metallurgiya sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim yetakchi kuchga ega emas. Bunday hol neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taalluqli bo’ladi.
Yollanma mehnat – yollanma xodimlar mehnati. Yollanma mehnat bozor iqtisodiyotida amal qiladigan mehnat bozorida oldi sotdi qilinadigan asosiy tovar hisoblanadi.
Jaxon banki – xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bo’lgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korparatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Ba’zi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy xolda jahon banki deb ham yuritiladi.
Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar pul munosabatlari tizimi.
Jahon xo’jaligi – turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi o’zaro aloqador milliy xo’jaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |