Ilmiy-texnik taraqqiyot omilining ta’siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etishda aniq namoyon bo’ladi. Masalan, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar yuksak darajada ilmiy texnika qudratiga ega bo’lgan shaharlarda joylashtiriladi.
Immigrantlar – (lot. «immigrans» – ko’chib keluvchi) bir davlatdan boshqa bir davlat xududiga doimiy yoki uzoq vaqt istiqomat qilish uchun ko’chib kelgan fuqorolar.
Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini, texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi.
Investitsiya – (lot. «investio» – o’rash) iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo’yish).
Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui.
Innovatsion texnologiya – mamlakatda ilgari qo’llanmagan yoki printsipial yangi texnologiya.
Innovatsiya – iqtisodiyot uchun yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki mavjud mahsulotdan yangicha foydalanish yoki mahsulotni yangi usulda ishlab chiqarish.
Innovatsion texnologiyalar – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
Innovatsiya – yangilik, yangi g’oya kiritish.
Integratsiyalashuv – milliy iqtisodiyotlarning yagona jahon xo’jaligiga tobora yaqinroq birlashuvi jarayoni.
Interfaol metod – («inter» - o’zaro va «act» - harakat qilmoq) o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatini, o’quv axborotlarini o’zlashtirish jarayonidagi faollikni, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantirishga, shuningdek, o’qitish maqsadlarining to’laqonli amalga oshirishga yordam beruvchi chora-tadbirlar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |