Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet13/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Glossariy

«Yangi iqtisodiy siyosat» (Novaya ekonomicheskaya politika, «NEP») - Sovet davlatida 1921 yilda joriy etilgan. Tovar-pul munosabatlariga keng o‘rin berilgan, denatsionalizatsiya amalga oshirilgan, xususiy ishlab chiqarish va savdoga keng o‘rin berilgan va yagona oziq-ovqat solig‘i joriy etilgan. Ya.i.s.dagi kapitalistik munosabatlar iqtisodiyotni tez tiklash va rivojlantirishga imkon berdi. Faqat og‘ir sanoat, bank, temir yo‘l, tashqi savdogina davlat monopoliyasida bo‘lgan. Moliya tizimi pul islohoti orqali kuchaytirilgan. 1928 yildan boshlab inkor etilib, ma’muriy-buyruqbozlikka o‘tildi.
Chayanov Aleksandr Vasilevich (1888-1937) - taniqli iqtisodchi, Rossiyada tashkiliy ishlab chiqarish maktabining asoschisi, dehqonni mehnat xo‘jaligining asosi deb, oilaviy mehnat yacheykasini tashkil etgan (kollektivizatsiyaga qarshi); kooperatsiya va agrar sohalarda 200 ga yaqin asar yozgan, bosh asari «Xo‘jalikning nokapitalistik sistemalari nazariyasi»dir. Ch. 1937 yilda repressiya qilinib, qatl etilgan. Ilmiy g‘oyalari hozirda ham ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Monopoliya - ishlab chiqarish va banklarning yiriklashuvi va markazlashuvi, sof raqobat yo‘qoladi (nomukammal raqobat), monopol baho, foyda yuzaga keladi.
Marjinalizm - fransuzcha «chegaraviy» ma’nosidagi so‘zdan olingan, XIX asrning 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan ochilgan iqtisodiyotning metodologik prinsiplaridan biri, iqtisodiy hodisalarni tahlil etishda eng chekka ko‘rsatkichlarga suyanadi. Iste’molni ishlab chiqarishdan ustun qo‘yadi. Qiymatning mehnat nazariyasi inkor etiladi. Avstriya maktabi vakillari tomonidan qo‘llanilgan. XIX asrning o‘rtalarida fransuz iqtisodchisi Kurno (1821-1877), nemis iqtisodchilari Tyunen (1783-1850), Gossen (1810-1858) birinchi bo‘lib marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga joriy etishga uringan. Uning kategoriyalari: qimmat, eng yuqori, chegaralangan naf, noyoblik, ishlab chiqarishning eng yuqori unumdorligi va boshqalar.
Kembridj maktabi (Angliya)- asosiy vakili Alfred Marshall (1842-1924), «qiymatsiz baho» nazariyasini ilgari surdi, bahoga «eng yuqori naf» va ishlab chiqarish chiqimlari ta’sir qiladi, degan. Marksning «qiymatning mehnat nazariyasi»ga qarshi. «Siyosiy iqtisod»ni «Ekonomiks» bilan almashtirdi. Asosiy asari «Iqtisodiyot prinsiplari» (1890), 3 jilddan iborat, rus tiliga o‘girilgan.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling