Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


MOTIVATSIYA – 1) xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi; 2) odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. MOYILLIK


Download 471.98 Kb.
bet11/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
GLOSSARIY

MOTIVATSIYA – 1) xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi;
2) odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
MOYILLIK – maylning anglashilgan darajasi. Moyillik shaxsni aniq faoliyat bilan shug‘ullanishga qo‘zg‘atuvchi turtkidir. Moyillik negizida faoliyatga yo‘naltirilgan barqaror ahtiyoj va unga taallukli ko‘nikmalarni takomillashtirishga intilish yotadi.
MUHANDIS (arab), injener – texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri bo‘yicha oliy ma’lumotli kasb egasi.
MULOQOT – 1) kishilarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari kishilaro‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi.
MUTAXASSISLIK – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
OBYEKT (lot. objectum – narsa) – subyektga qarama-qarshi bo‘lganhamda insonning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan obyektiv reallik.
O‘QISH – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
O‘QITISH – 1) shaxsning rivojlanishi, uning ta’limi va tarbiyasi amalga oshishi bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi maqsadli faoliyati. O‘qitishning asosiy tarkibiy qismlari – o‘qish va o‘rgatish. O‘qitishning asosiy
didaktik funksiyasi ularning birligida ifoda etiladi.
O‘YIN – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli sanaladi.
PROFESSIOGRAFIYA – mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o‘zaro munosabati va bog‘liqligini o‘rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
PROFESSIOGRAMMA – kasbning turli obyektiv xarakteristikalarining tasnifi.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling