Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat
Download 471.98 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAXS IJTIMOIYLASHUVI
- SINFDAN TASHQARI ISHLAR
SHAKLLANGANLIK – odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik jarayon.
SHAKLLAR – bevosita va bavosita tur bo‘lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko‘zda tutiladi. SHARTLI – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash. SHAXS (arabcha – kishi, kimsa, zot) – 1) jamiyatdagi alohida bir kishi, odam; 2) ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam. SHAXS IJTIMOIYLASHUVI – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayotfaoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. SHAXSLARARO MUNOSABAT – muloqot jarayonidagi o‘zaro ta’sir etish natijasida ro‘y beradigan ijtimoiy-psixologik hodisalar. SINF, o‘quv sinfi – 1) o‘quv yili davomida yagona o‘quv dasturi bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘quvchilar jamoasi; 2) badiiy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarning biror o‘quv predmeti bo‘yicha ixtisoslashtirilgan guruhi; 3) maktabda o‘quvchilar shug‘ullanadigan xona. SINFDAN TASHQARI ISHLAR – umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv-tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni barkamolshaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlaщda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg‘ulotlar tizimikiradi. SISTEMA (yunoncha systema – yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) - 1) ish-harakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning o‘zaro bog‘liqligidagi tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va b.ning tasnifi; 3) muayyan tarzda o‘zaro bog‘langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmui. SO‘ROV – sotsiologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan dastlabki axborot yig‘ish uslubi. So‘rov yordamida o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risidaempirik ma’lumot to‘planadi. So‘rov jamoatchilikfikrini, ya’ni fuqarolar, ijtimoiy guruhlarning jamiyat muammolariga munosabatini o‘rganishga qaratiladi hamda ijtimoiy axborot to‘plash, aholining iste’mol talabini o‘rganish va shu kabi maqsadlarni nazarda tutadi. Ijtimoiy axborot ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar to‘g‘risidagi bilimlardir. So‘rov jarayonida respondentlar (sotsiologik tadqiqotda axborot olish manbai sifatida ishtirok etuvchi shaxslar) so‘rovnomadagi savollarga yozma javob beradilar. So‘rov sotsiologik axborotning ishonchliligini, ya’ni tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlashi zarur. Download 471.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling