KUZATISH – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.
LABORATORIYA (lot. laboratorium – ishlamoq) – ilmiy tekshirishlar, tajribalar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun kerakli apparat va asboblar bilan jihozlangan ilmiy muassasa yoki uning bo‘limi va ular joylashgan bino.
LAVOZIM (arabcha kerakli, zaruriy narsalar) – muassasa, idora, tashkilot va shu kabilarda biror rasmiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, vazifa o‘rni; amal, mansab.
LOYIHA – 1) biror bino, inshootni barpo etish maqsadida yoki muayyan bir buyumni yaratishga doyr tayyorlangan hujjatlar (hisob-kitoblar, chizma, maketlar) majmui; 2) biror hujjatning oldindan tuzilgan matni; 3) reja, mo‘ljal, g‘oya.
MAHORAT (arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui.
MAHSULOT – iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi.
MAKTAB – o‘qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma’lumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o‘quv-tarbiya muassasasi.
MALAKA – 1) muayyan kasb, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan mahorat; 2) o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; 3) muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
MASHINA (lotincha machina –qurol, qurilma) – bir turdagi harakat energiyasini ikkinchi turdagi harakat energiyasiga aylantirish, materiallar yoki axborotlarni o‘zgartirish, aloqa o‘rnatish, yuk va odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |