Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


Download 471.98 Kb.
bet7/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
GLOSSARIY

KASB-HUNAR MAKTABI – Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari.
KOLLEJ – Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari.
KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio – umumlashtiraman, bog‘layman) – 1) kibernetikada – informatsiya(axborot)larni almashish jarayoni; 2) transport, aloqa yo‘llari va shahar xo‘jaligi yer osti tarmoqlari.
KOMPANIYA (fransuzcha compagnie) – iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta va b.) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi.
KOMPETENTLIK – 1) (ingl. “competens” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma, malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish; 2) aniq vaziyatda kompetensiyani namoyon qilish tushuniladi.
KOMPETENSIYA – 1) lotincha competence degan so‘zdan olingan bo‘lib, “loyiq”, “mos kelmoq” ma’nosini beradi; 2) olingan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmuasini amaliyotga qo‘llay olish qobiliyati va layoqati.
KOMPYUTER (ing. computer – hisoblayman) – oldindan berilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan avtomatik qurilma.
KONSTRUKSIYA (lotincha constructs – tuzilish, qurilish) – mashina, inshoot yoki uzel va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, uzellar hamda ularning detallari. Konstruksiyada kerakli qism va elementlarining shakli hamda o‘zaro joylashishi, ularni biriktirish usullari, o‘zaro ta’siri va kanday materiallardan yasalishi hisobga olinadi.
KO‘NIKMA – 1) o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; 2) shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 3) o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat. Ko‘nikma mahoratning asosini tashkil etadi.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling