Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


DIALOG (yunoncha dialogos – suhbat) – nutq turi; ikkiyokiundanortiq shaxsning bir-biriga qaratilgan nutqi. DIZAYN


Download 471.98 Kb.
bet3/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
GLOSSARIY

DIALOG (yunoncha dialogos – suhbat) – nutq turi; ikkiyokiundanortiq shaxsning bir-biriga qaratilgan nutqi.
DIZAYN (ing. design – loyiha, chizma, rasm) – narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi atama.
DUNYOQARASH – dunyoga va insonning undagi o‘rniga, kishilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga munosabatiga bo‘lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari.
DURADGORLIK – yog‘ochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda ko‘p tarmoqlardan iborat. Duradgorlik bilan shug‘ullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. Duradgorlik tarmoqlarining hammasi uchun umumiy bo‘lgan ish jarayoni – yog‘och qirqish, tilish, yo‘nish, randalash, parmalash va h. k.
DVIGATEL – biror turdagi energiyani (masalan, suv, shamol energiyasini) mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina.
EHTIYOJLAR – organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan narsalarga talab, muhtojlik. Ehtiyoj subyekt bilan uning faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida xatti-harakatlar, fe’l-atvorda yuzaga chiqadi.
ELEKTR (elektro...) – elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va ta’siri bilan bog‘liq hodisalar majmui.
ELEKTRONIKA – fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan o‘zaro ta’siri qonuniyatlarini o‘rganish, bu o‘zaro ta’sirdan foydalanib energiyani o‘zgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan sohasi.
ELEKTROTEXNIKA (elektro... va texnika) – fan va texnikaning energiyani o‘zgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi sohasi.
ENERGETIKA – energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni o‘z ichiga olgan xalq xo‘jaligi, fan va texnika sohasi.
ENERGIYA (yun. – harakat, faoliyat) – har qanday ko‘rinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning o‘zaro va boshqalar zarralar bilan ta’sirlarining miqdoriy o‘lchovi.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling